«Inter»ning italiyalik himoyachisi Federiko Dimarko kelasi yil uchun «Barselona»ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Transfer News Live akkaunti xabar berdi.
«Ko‘k-anorranglilar» ehtimoliy yangi futbolchi va uning agenti bilan ikki marta uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar 2027 yilda transfer amalga oshishi ehtimolini muhokama qilgan.
«Barsa» jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Alexandro Baldeni Dimarko bilan almashtirishni ko‘rib chiqmoqda.
28 yoshli italiyalik futbolchi 2018 yil yozidan buyon Milan klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Federikoning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Uning transfer bozoridagi qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.













