Uch vazn toifasida sobiq mutlaq Jahon chempioni Terens Krouford WBO kamari sohibi Jaron Ennisga qarshi jang qilish uchun katta sportga qaytishga tayyorligini bildirdi.
“Men o‘zim uchun ba’zi narsalarni tushunib olmoqchiman! Hammangiz mening ringga qaytishimni juda istaysiz-a? Jaron Ennis, agar faoliyatimni qayta tiklasam, navbatdagi jangda men bilan to‘qnash kelgan bo‘lardingmi?”, deb yozdi Krouford X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida.
Ennis esa bunga javoban o‘zining jang qilishga tayyorligini ochiq aytdi: “Terens Krouford, 1000 foiz!”
Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford o‘tgan yilning oxirida sportdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. U 2025 yil 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida hakamlarning qarori bilan meksikalik Saul Alvaresni mag‘lub etib, ikkinchi o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Amerikalik bokschi birinchi yarim o‘rta va yarim o‘rta vaznlardan keyin ketma-ket uchinchi divizionda mutlaq chempion bo‘lgan tarixda ilk sportchiga aylangandi. Uning hisobida jami 42 ta g‘alaba (31 tasi nokaut bilan) bo‘lib, birorta ham mag‘lubiyat qayd etilmagan.
Jaron Ennis esa so‘nggi jangini 2026 yil iyun oyida o‘tkazib, Ksander Zayasni yettinchi raundda texnik nokautga uchratgan. Uning ham professional boksdagi g‘alabalari 36 tani tashkil etib, hali birorta bahsda mag‘lub bo‘lmagan (32 tasi nokaut).













