Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

La Liga. «Real» «Bernabeu»da «Rayo Valyekano»dan ustun keldi

La Liga. «Real» «Bernabeu»da «Rayo Valyekano»dan ustun keldi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Real» — «Rayo Valyekano» uchrashuvi yakunlandi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bahsda madridliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvni Viktor Garsiya Verdura boshqardi.

14-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Alvaro Karreras mezbonlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

35-daqiqada Jud Bellingem «Real»ning uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Rayo Valyekano» hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada Serxio Kamelyo raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

90+1-daqiqada esa Mbappe yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» La Ligadagi 5 ta o‘yinda 12 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

«Rayo Valyekano» esa 4 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda «Real» 15 sentyabr kuni safarda «Elche»ga qarshi maydonga tushadi. «Rayo Valyekano» esa shu kuni o‘z maydonida «Espanyol»ni qabul qiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:01, 13.09.2026.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик