Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Kukurelyaning transferi sabab «Real» himoyachisi «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketishi mumkin

Kukurelyaning transferi sabab «Real» himoyachisi «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati Alvaro Karrerasni Madridning «Real» klubidan ortga qaytarish haqida o‘ylashni boshladi.

Tez orada «Chelsi»dan Mark Kukurelya «qaymoqranglilar» safini to‘ldirishi kutilmoqda va aynan u Joze Mourinyo jamoasida asosiy chap qanot himoyachisiga aylanishi taxmin qilinmoqda. The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi: «qizil iblislar» o‘z sobiq futbolchisining transfer imkoniyatlarini allaqachon o‘rganishni boshlab yuborishgan.

Agar Mourinyo haqiqatan ham Karrerasni asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rmasa, lateral (qanot himoyachisi) «Real»dan ketish variantlarini ko‘rib chiqishi ehtimoldan holi emas. Eslatib o‘tamiz, ushbu himoyachi 2020 yildan 2024 yilgacha «MYU»ga tegishli bo‘lgan, biroq asosiy jamoada birorta ham rasmiy o‘yinda debyut qilmagan edi. O‘tgan yilning iyul oyida Madrid grandi ispaniyalik futbolchini «Benfika»dan 50 million yevro evaziga sotib olgandi.

Kiritildi: 13:26, 15.06.2026.
O'qildi: 12049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик