Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Pike Kukurelyaning «Real»ga o‘tganiga munosabat bildirdi

Pike Kukurelyaning «Real»ga o‘tganiga munosabat bildirdi

Baho:
+3 | -

«Barselona»ning afsonaviy sobiq himoyachisi Jerar Pike Mark Kukurelyaning Madridning «Real» klubiga transferi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«U «La Masiya» akademiyasini tamomlagan va hali go‘dakligidayoq «Barselona» emblemasini ko‘ksida taqib yurgan. Ushbu buyuk klubning qadriyatlarini o‘ziga singdirgan. U «Barselona» dunyoda qanchalik muhim klub ekanligini yaxshi tushunadi, shuning uchun ham uning bu tanlovi muxlislarga yanada qattiqroq azob beradi. Agar sen «Barsa» akademiyasida ulg‘aygan bo‘lsang-u, lekin «Real»da o‘ynashni tanlasang, «ko‘k-anorranglilar» muxlislariga bu aslo yoqmasligini tushunishing kerak. Bu transfer barcha chegaralardan chiqib ketishdir».

Ta’kidlab o‘tish joizki, Mark Kukurelya Kataloniya grandini tark etguniga qadar, ya’ni 2012 yildan 2020 yilgacha «Barselona» tizimida bo‘lgan. Biroq u «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi tarkibida bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 19:16, 15.06.2026.
O'qildi: 8114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик