Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Abbosbek Fayzullayev o‘zining orzudagi klubini aytdi

Abbosbek Fayzullayev o‘zining orzudagi klubini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev kelajakda «Barselona» safida to‘p surishni orzu qilishini ma’lum qildi.

— Barchaga ma’lumki, jahon chempionati futbolchilar uchun o‘ziga xos yarmarka hisoblanadi. Bu siz uchun ham qo‘shimcha motivasiya bo‘ladimi?

— Jahon chempionati — katta bozor, bunday o‘yinlarni hamma kuzatadi. Lekin hozir bu haqda o‘ylamayapman. Bor e’tiborimni jahon chempionatiga qaratganman. Ayni paytdagi eng katta orzuim ham shu.

— Siz eng ko‘p o‘ynashni istaydigan chempionat bormi?
— Ispaniya. Men doim shu haqda orzu qilaman. Lekin vaqt ko‘rsatadi.

— Ispaniyada aynan qaysi klubda o‘ynashni ko‘proq istaysiz?
— Albatta, «Barselona» — mening eng katta orzuim! Va unga erishish uchun harakat qilaman. Vaqt ko‘rsatadi, ammo oxirigacha intilishda davom etaman.

— O‘zbekistonda har qanday orzu amalga oshishi mumkinligini isbotlagan futbolchi bor — Abduqodir Husanov. U siz uchun namunami?

— Uning yo‘li O‘zbekistondagi barcha futbolchilar uchun katta motivasiya hisoblanadi. Qolaversa, eng jasur orzular ham ushalishi mumkinligining isbotidir. Qayerdan bo‘lishingizdan qat’i nazar, hatto O‘zbekistonning kichik shaharchasidan chiqqan bo‘lsangiz ham, agar ishonsangiz va qattiq mehnat qilsangiz, hammasi ro‘y berishi mumkin.

— Husanov hatto rasman «Manchester Siti»ning mavsumdagi eng yaxshi uch futbolchisidan biri sifatida e’tirof etildi. Uning bunday yo‘l bosib o‘tgani siz uchun hayratli emasmi?

— Yo‘q. Biz u bilan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida birga o‘ynaganmiz. O‘shandayoq uning albatta kuchli beshlik chempionatlaridan birida to‘p surishini his qilganman. Chunki u juda kuchli jismoniy sifatlarga ega edi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va maydondagi tajovuzkorligi ham o‘sha paytning o‘zidayoq ko‘rinib turardi.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2025/26 yilgi mavsumda «Istanbul Bashakshehir» safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 10:26, 15.06.2026.
O'qildi: 2385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик