Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Andrey Kanchelskis O‘zPFLni keskin tanqid qildi

Andrey Kanchelskis O‘zPFLni keskin tanqid qildi

Baho:
+2 | -

Coca Cola Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanininng ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi. Uning fikrlari esa quyidagicha bo‘ldi.

"To‘g‘risini aytsam, tashkilotchilarni umuman tushunmadim. O‘yinlarni markazlashtirilgan holda o‘tkazish borasidagi videokonferensiyada barchamiz uchrashuvlarni soat 18:00dan keyin o‘tkazishga kelishib olgandik. Ammo negadir biz bugun soat 17:00da o‘ynadik. Nima uchun kimgadir mumkin-u, kimgadir mumkin emas? Qani ayting-chi, “Paxtakor” soat 17:00da o‘yin o‘tkazyaptimi? Xudo ko‘rsatmasin, futbolchilardan birortasini oftob urganda va o‘zidan ketib qolganda nima bo‘lardi? Futbolchining ota-onasining ko‘ziga qanday qarardingiz? Qozonning “Rubin” klubida Pyotr Bistrov bilan xuddi shunday holat yuz bergandi.

Bugun soat 17:00da o‘ynadik, nima ustimizdan kulyapsizmi? Kelinglar, unda soat 15:00da o‘ynaylik. Axir, bu futbol emas-ku! Yana maydonning holatini qarang. Bugun Superligada faqatgina bitta o‘yin bor va o‘sha bahsni ham biz eng yomon maydonda o‘ynadik. Nima uchun u holda markazlashgan holda o‘ynayapmiz? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bahslar markazlashgan tarzda o‘tkazilayotgan ekan, unda sharoit yaratib beringlar. Yoki suv yo‘q, yoki boshqa narsa yo‘q. Futbolchilarni ustidan kulish yaxshi emas.

Futbolchilarning sog‘ligi haqida gapiryapmiz, lekin 40 darajadan ortiq issiqda futbol o‘ynatayapsizlar. Bunday futbol kimga kerak? Futbolchi Xudo saqlasin, yerga yiqilib tushsa nima qilamiz? Bunday holatga kim javob beradi?

Maydonlarni yaxshilaylik deyapmiz, ammo amalda hech nima qilinmayapti. “Paxtakor” hech qachon soat 17:00da o‘yinlar o‘tkazmayapti. Mazkur klub mutasaddilari futbolchilarining holati haqida qayg‘urishadimi? Men ham shogirdlarim uchun qayg‘uraman.

Bugun futbolchilar maydonda yugurish emas, hattoki, yurishga qiynalishdi. Futbol jozibasi haqida nimadir deyishga hayronman. Bu dahshatli va aqlga sig‘maydigan holat. Biz markazlashtirilgan musobaqa o‘tkazish uchun kelib, qancha pul sarfladik. Yashash, ovqatlanish va boshqalar. Yana hech qanday sharoit yo‘q. Bunday sharoitda qanday futbol o‘ynash mumkin?

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Azizbek Turg‘unboyevning inobatga olinmagan goli toza urilgandi. O‘sha gol hisobga olinganida, o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. O‘yin davomida bizda vaziyatlar bo‘ldi, to‘p darvoza ustuniga tegdi. Raqibda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Shuning uchun durang natijani haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman. Yigitlarga shunday issiq havoda o‘ynashgani uchun rahmat aytaman. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin shogirdlarim taslim bo‘lishmadi va oxirigacha kurashib, hisobni tenglashtirishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va barchalariga sog‘liq tilayman.

Biroq bunday tashkilotchilikni umuman kutmagandim. Bunday maydonda futbolchilarning o‘zaro uyg‘unligi borasida gapirish ortiqcha. Bunday maydonda 1990-yillarda futbol o‘ynaganman. Hozir esa 21-asr! Maydon esa tomorqaning o‘zi", — dedi Kanchelskis.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:00, 20.08.2020.
O'qildi: 4973 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.