Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ispaniya terma jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi

Ispaniya terma jamoasi tarixiy rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya terma jamoasi UYEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) milliy rekordni qayd etdi, deya xabar qilmoqda Opta.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalari o‘tib borayotgan bir onda Xose Gayya nemislar darvozasini ishg‘ol qilgan holda ispanlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 41 xalqaro o‘yindan buyon uchrashuvni golsiz tark etmayapti va bu «qizil furiya» uchun rekord natija hisoblanadi. So‘nggi bor ispanlar 2016 yilgi Yevropa chempionatining 1/8 finalida Italiya terma jamoasi darvozasiga yo‘l topa olmagandi (0:2).

Millatlar Ligasining 2-turida Ispaniya terma jamoasi Madriddagi «Alfredo di Stefano» o‘yingohida 6 sentyabr kuni Ukrainani qabul qiladi.

Kiritildi: 15:22, 04.09.2020.
O'qildi: 7044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик