Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Italiyani mag‘lub etgan va Portugaliyaga 3 ta gol kiritgan Shimoliy Koreya terma jamoasini yodga olamiz!

Italiyani mag‘lub etgan va Portugaliyaga 3 ta gol kiritgan Shimoliy Koreya terma jamoasini yodga olamiz!

Baho:
+ | -

Stadion.uz Shimoliy Koreya terma jamoasining Jahon Chempionatidagi eng yorqin sarguzashtlarini yodga oladi.

1966 yildagi Mundialning 16 ta ishtirokchisi orasida Shimoliy Koreya yaqqol ajralib turgan edi. Aynan shimolliklar o‘zgacha davlat tuzimi ostida hayot kechirishiga qaramay Jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichiga yetib kelgan birinchi jamoaga aylangani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ularni ko‘plab nashrlar turli rollarda tasavvur qilgan va deyarli yuzga yaqin maqolalar e’lon qiladi.

Aslida, qit’adoshlarimiz FIFAning qo‘llab-quvvatlab yuborishi evaziga hal qiluvchi bosqichga qadar yetib keladi. FIFA musobaqa oldidan Okeaniya, Osiyo va Afrikaga atigi 1 ta yo‘llanma ajratadi. Dastlab Afrika qit’asi vakillari qarshilik ko‘rsatadi. 60 yillar boshida ushbu qit’ada mustaqil davlatlar soni ortib borgani sababli futbol terma jamoalari soni ham keskin ortib ketgan edi. FIFA e’tirozga e’tibor qaratmaydi. Ular o‘z qit’asi uchun alohida yo‘llanma talab qilgan bo‘lsada, FIFAning o‘sha davrdagi rahbari Stenli Rouz «qora qit’a»ga kvota ajratishdan bosh tortadi. Shu sababli, Afrika futbol rahbarlari FIFAdan voz kechish haqida bosh qotira boshlaydi. Faqat JAR FIFAning qarorini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli, Afrikaning boshqa terma jamoalari ushbu yurt jamoasi bilan to‘p surishdan bosh tortadi. Oqibatda, JAR Jahon chempionatiga saralash musobaqasini Osiyo va Okeaniya mintaqasida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Bu zonada chiptani qo‘lga kiritish uchun Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya va Avstraliya terma jamoalari bellashayotgan bir paytda, FIFA ular qatoriga Janubiy Afrikani ham qo‘shib qo‘ydi, biroq 1964 yilning kuzida FIFA o‘z qarorini o‘zgartirdi va JARni o‘z mintaqasida qoldirdi. Hal qiluvchi o‘yinlar Yaponiya davlatida o‘tkazilishi lozim edi, ammo yaponlar Shimoliy Koreya fuqarolarining o‘z yurtiga tashrif buyurishini istamaydi. Oqibatda, hal qiluvchi bahslar Kambodjaning Pnompen shahriga ko‘chiriladi. Bu qaror Janubiy Koreyani qanotlantirmaydi. Ular Kambodjada to‘p tepishdan bosh tortishadi. Oqibatda JCH yo‘llanmasi Shimoliy Koreya va Avstraliya o‘rtasidagi o‘yinda hal etiladi. Ikki uchrashuv (6:1, 3:1) natijasiga ko‘ra shimolliklar Angliyaga chiptalarni yutib oladi. Musobaqa tarixida eng yaqin yo‘l bilan JCHga tashrif buyurgan koreyslarni aytarli hech kim favoritlar qatorida ko‘rmagani aniq. Ularning siyosiy ahvoligina g‘arb muxlislariga qiziq bo‘lgan xolos.

O‘sha davrdagi mamlakat rahbari – Kim Er Sen musobaqada munosib qatnashish uchun terma jamoaga barcha ko‘mak berilishi haqida qarorni qabul qiladi. Jamoa murabbiyi - Min Re Xyon partiya yig‘ilishida qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishi haqida va’da beradi. E’tiborlisi shundaki, qahramonlarimiz musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini boshlab yuboradi. Ular qay yo‘sinda mashg‘ulot o‘tkazgani hali-hamon sir bo‘lib qolmoqda, ammo jamoa qayd etgan natija kishi ko‘zini qamashtirib yuboradi.

Min Ryo Xyon Jahon Chempionatiga olib ketgan futbolchilarni aytarli hech kim tanimaydi, ammo yigitlar butun boshli musobaqaning eng yorqin ijrochilariga aylanishga muvaffaq bo‘lishadi.
Darvozabonlar: Li Chxan Myon («Kigvanchxa») va Li Gin Xak («Moranbon»). Himoyachilar: Sin Yon Gyu, Lim Chjun Son (oba «Moranbon»), O Yun Gyon, Xa Chjo Un («8 avgust»), Pak Li Sop («Amnokkan»), Kan Bon Chil («25 oktyabrya»), Lyu Chxan Gil («Kigvanchxa»), Kim Yon Gil («Rodondja»). Yarim himoyachilar: Pak Du Ik, Pak Sin Chjin ( «Moranbon»), Im Sin Xvi, Xan Ben Chjin, Li Chxi An («25 aprel»), An Se Bok («Amnokkan»), Ke Sin Un («Rodondja»). Hujumchilar: Yon Sin Guk, Kim Bon Xvan («Kigvanchxa»), Kan Ryon Yun, Li Don Uk («Rodondja»), Kim Sin Il («Moranbon»).

Qura qahramonlarimizni 4-guruhga ravona qildi. Sobiq Sovet terma jamoasi, Italiya va Chili bilan birgalikda «o‘lim guruhidan» o‘rin olgan koreyslarni uchta o‘yindagi uchta mag‘lubiyat kutib turganiga hech kim shubha qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar bilan ortga qaytishi kutilgan jamoa ilk uchrashuvda taxminlarni to‘liq oqladi. SSSR terma jamoasidan javobsiz 3 ta gol olib chiqqan Min Ryo Xyon shogirdlari to‘liq autsayderga aylandi. Guruhning ikkinchi juftligi o‘rtasidagi o‘yinda Italiya Chilini ishonch (2:0) bilan mag‘lub etadi.

Ikkinchi turda Chili barchasini o‘z o‘rniga qo‘yish maqsadida Shimoliy Koreya bilan «jang» qilishga qaror qildi va o‘yin ularning Ssenariy ostida o‘tdi. Janubiy Amerikaliklar hatto 11-daqiqada hisobni ochishga ham muvaffaq bo‘lishdi, ammo ikkinchi bo‘limda osiyoliklar jamoa sardori Pak Jin Sin 89 daqiqada uzoq masofadan yo‘llangan zarba evaziga hisobni tenglashtiradi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Italiya raqiblariga minimal hisobda mag‘lub bo‘ladi. 3-tur avvalida Sobiq sovet futbolchilarida 4 ochko (o‘sha paytlarda g‘alaba uchun 2 ochko taqdim etilar edi) jamg‘argan bo‘lsa, Italiyada 2 ochko mavjud edi. Chili va Shimoliy Koreya terma jamoalari 1 ochkodan jamg‘argan holda so‘nggi o‘rinlarga tushib ketadi.

3-turdagi hal qiluvchi bahsda Italiyaning osonlik bilan qit’adoshalrimizni uyiga ravona qilib yuborishiga hech kim shubha qilmagani aniq. Edmondo Fabrri shogirdlariga qarshi uchrashuvda osiyoliklar jismoniy tayyorgarlik borasida master klass namoyish etishdi. Bundan tashqari, qit’adoshlarimizning tezligi ham hal qiluvchi omil vazifasini o‘tab berdi. Qo‘shimchasiga, Italiya terma jamoasi sardori Jakomo Bulgarelli jarohat sababli o‘yinni erta tark etgani ham o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. Rasmiy uchrashuvlarda futbolchi almashtirishning imkoni bo‘lmagani sababli Italiya o‘yinni bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay son jihatidan ustun Shimoliy Koreya hisobni ochadi.

Pak Du Ik kiritgan gol o‘yindagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Italiyaning «sharmandali» mag‘lubiyatdan qochishga urunishlari omadsiz yakunlandi va natijada Min Ryo Xyon shogirdlari musobaqaning play-off bosqichiga yo‘l olishdi. Shu o‘rinda Chilining 3-turda mag‘lub bo‘lgani ham qit’adoshlarimizga qo‘l kelganini unutmaslik lozim.

Ularning «o‘lim guruhi»dan «omon» chiqqani g‘arb muxlislari orasida shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Tez orada, ushbu yurt futbolchilarini «sharqdan kelgan sehrgarlar» deb atay boshlashdi. Dunyoning barcha taniqli nashrlari ular haqida katta maqolalar e’lon qilishni boshladi. Mamlakat rahbari esa, shaxsan o‘zi jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli qarorlarga qo‘l qo‘yishni boshlab yuboradi. Britaniyadagi deyarli barcha neytral muxlislar avtomatik ravishda «sharqdan kelgan sehrgarlar»ning muxlisiga aylanadi.


Barchasi chorak final uchrashuvidan so‘ng, yakunlanishi mumkinligi bilsada, muxlislar Shimoliy Koreyani qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamadi. Portugaliya terma jamoasiga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib borgan Min Ryo Xyon shogirdlari uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq oldinga intilishadi. Birin -ketin gollardan so‘ng, qahramonlarimiz tabloda 3 : 0 natijasini hosil qilishadi. Aynan shu pallada ularga biroz tajriba va sovuqqonlik yetishmadi desak, adashmagan bo‘lamiz. Afsonaviy Eysebio ko‘zlari yonib turgan tajribasiz raqiblarga qarshi «mo‘’jiza» namoyish etdi. 4-golni kiritish uchun naqd ikkita imkoniyatdan foydalana olmagan qit’adoshlarimizni yevropaliklar tezda jazolashdi va o‘yin 3:5 natijasi bilan yakunlandi.

Pak Sin Jin, Li Don Uk va Yon Sin Guklarning gollari ham Eysebioning Portugaliyasini to‘xtatib qolishga ojizlik qildi. Ushbu o‘yinni stadionda tomosha qilgan barcha muxlislar hakam hushtagidan so‘ng, o‘rinlaridan qalqib ketishdi. Shimoliy Koreyalik futbolchilarning alam bilan to‘kayotgan ko‘z yoshlarini ko‘rgan ba’zi muxlislar yig‘lab yubordi. Qandaydir bir oy ichida mehnatkashligi, kurashuvchanligi va o‘zgacha olam farzandi ekanligi bilan barchaning mehrini qozongan Shimoliy Koreya futbolchilarini o‘sha oqshom butun stadion olqishladi. Hatto, Eysebioning fantastik o‘yini ham muxlislar e’tiborini tortgani yo‘q. Min Ryo Xyon maydonda alam bilan ko‘z yosh to‘kayotgan shogirdlarini kiyin honasiga olib kirib ketar ekan, ularga taskin beruvchi so‘zlayni aytishni unutmadi.

G‘arb jurnalistlari Shimoliy Koreyadagi siyosiy vaziyat sababli turli yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishni hush ko‘radi. Misol yangi asrdagi Portugaliyadan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, barcha futbolchilar mehnat lagerlariga jo‘natilgan emush. Bu ma’lumotni birorta nashr rasman tasdiqlagani yo‘q. 1966 yilda bo‘lib o‘tgan mundialdan so‘ng, futbolchilarni kutib olish jarayonida shaxsan mamlakat rahbari ishtirok etdi. Min Ryo Xyon va uning «jangchilari» munosib kutib olindi va ularga sovg‘alar topshirildi.

2006 yilga kelib, taniqli Daniel Gordon «sharqdan kelgan sehrgarlar» haqida hujjatli filmni suratga oldi. Ushbu film Shimoliy Koreyani ulkan tarixiy qahramonlik sari yetaklagan Min Ryo Xyon tilidan so‘zlanadi. Voqealar real ko‘rinish olishi uchun suratg olish jarayoni Britaniya bo‘lib o‘tadi. Ushbu film muxlislar e’tiboriga tushmagan bo‘lsada, Shimoliy Koreya futbolining shonli o‘tmishini eslatuvchi tarixiy asarga aylandi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 12.09.2020.
O'qildi: 6407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.