Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shota Arveladze: "Yigitlar hujumkor va tezroq o‘ynay olishadi"

Shota Arveladze: "Yigitlar hujumkor va tezroq o‘ynay olishadi"

Baho:
+1 | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov "Al Hilol" bilan Chempionlar Ligasi 4-tur o‘yinidan avval matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Arveladze: - O‘yinga imkon qadar yaxshi tayyorlanishga intildik. Yaxshi dam olgan holda, mashg‘ulotda ishlash orqali yigitlarni hozirlayapmiz. Bugun yana bir mashg‘ulot o‘tkazamiz. Har uch kunda o‘ynaganda deyarli bir xil holatda ishlashga to‘g‘ri keladi.

Har bir o‘yin boshqacha kechadi. Bir bahsdagi narsalarni boshqa bellashuvda aynan takrorlay olmaysan. Biz tartibliroq va yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Raqibga gol urish uchun imkoniyatlar bermaslik zarur. Har bir o‘yindan buni o‘rganamiz. Yigitlarga ishonaman, ular tez, texnik, hujumkor futbol o‘ynay olishadi. Himoyada ham birdam o‘ynaymiz. Ishtirokimizni nafaqat keyingi uch, balki undan ko‘proq bellashuvlarda davom ettirishni istaymiz.

Birinchi o‘yinda bo‘lim oxirlarida hushyorlikni yo‘qotdik deb ayta olmayman. Birinchi golda kichik xato qimmatga tushdi. Jarima zarbasini o‘ng oyoqda tepadigan futbolchi ijro etayotganda ochiq burchakka bo‘yi uzunroq o‘yinchilarni qo‘yish kerak edi. Lekin Jovinko darajasidagi futbolchilar bir soniyada o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. "Hilol" kuchli jamoa, ular "Flamengo"dek jamoa bilan ham sifatli futbol ko‘rsatishgan. Bunday darajadagi o‘yinlarga 7-8 daqiqa qo‘shilganda bir futbolchi kam bo‘lsang, bu ta’sirini o‘tkazadi. "Hilol"da individual kuchli futbolchilar yetarlicha va ular jamoa sifatida ham juda yaxshi saviyada. Birgalikda himoyaviy ishlarni bajarishadi, hujumga o‘tishadi. Markazdagi futbolchilar hujum yo‘nalishini o‘zgartirishadi. Osiyoning eng kuchli jamoasida hamma narsa yuqori darajada bo‘ladi. Jamoaviy pressingga o‘tishadi, hamjihat o‘ynashadi. Darvozabon ham hujumlarni boshlab berishi mumkin. Xuddi bizning jamoa singari raqib ham jamoaviy va individual tarafdan yaxshi o‘ynaydi.


Masharipov: - Biz birinchi bahsda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham, yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi. Ikkinchi uchrashuv ham qiziqarli bellashuv bo‘ladi deb o‘ylayman. Jamoadoshlarim bilan bunga tayyormiz. "Al Hilol" ham kuchli jamoa. Ular bejizga o‘tgan mavsum turnirda g‘olib chiqmagan. Kichik xatolarimizni o‘rganib chiqqan holda keyingi bahsga tayyormiz deb ayta olaman.

O‘zbekiston chempionatida qanday kuchga ega ekanimizni o‘tgan mavsumda ko‘rsatib bo‘ldik. Chempionlar Ligasida 2019 yil ham yaxshi o‘ynadik, ammo omadsizlik tufayli guruhdan chiqa olmagandik. Bu yil e’tiborimiz Chempionlar Ligasiga qaratilgan. Oldimizga katta maqsadlar qo‘yilgan. O‘tgan mavsum yaxshi darajada o‘ynaganmiz. Birinchi bahsda hujumlarni yakunlashda ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ulardan foydalanganimizda bellashuv boshqacha tugashi mumkin edi. Bu safar kichik xatolardan foydalanishga urinamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:16, 16.09.2020.
O'qildi: 3718 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.