Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Prevyu. "Paxtakor" - "Istiqlol"

Prevyu. "Paxtakor" - "Istiqlol"

Baho:
+1 | -

Chempionlar Ligasi nimchorak finalida "Paxtakor" 26 sentyabr kuni Eronning "Istiqlol" jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Ushbu jamoa bilan "Sherlar" 2011 yil guruh bosqichida maydonga tushishgan. O‘shanda Tehronda "Istiqlol" 4:2, Toshkentda "Paxtakor" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Toshkentda maydonga tushgan futbolchilardan Vladimir Kozak va Yegor Krimes hamon jamoamiz sharafini himoya qilmoqda. Krimes o‘shanda g‘alaba keltirgan golni urgan. "Istiqlol" "A" guruhida Saudiya Arabistonining "Al Ahli" va Iroqning "Shorta" jamoalari bilan o‘ynab, 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Eron chempionatida yakunlangan mavsumda 2-pog‘onaga ega chiqdi. 8 marta Eron chempionati va 7 bor Eron Kubogida zafar quchgan. Oxirgi marta 2013 yil Eron chempioniga aylangan. Jamoani ushbu yildan mahalliy mutaxassis, futbolchilik paytida "Istiqlol"da o‘ynagan Majid Namju Motlaq boshqarib kelmoqda. Asosiy futbolchilar sifatida Vorya G‘afuriy, Ali Karimiy va Mehdi Qoidiyni ko‘rsatish mumkin. Ikki nafar legioneri bor - xorvatiyalik Xrvoye Milich va malilik Cheyk Diabate.

Bellashuvni diskvalifikasiya sababli jamoamizdan Akram Komilov, raqibdan Xrvoye Milich o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasida Chempionlar Ligasi nimchorak final bahsi 26 sentyabr, shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da Dohadagi "Al-Janub" stadionida boshlanadi.

"Istiqlol"ning futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar
1. Saidhussayn Hussayniy
19. Hussayn Purhamidiy
78. Alirizo Ansariy
Himoyachilar
3. Milad Zakipurkinjiy
4. Ruzbeh Cheshmiy
5. Oriy G‘ulomiy
21. Vorya G‘afuriy
22. Siavash Yazdaniy
30. Abdulazim Gyok
32. Amirhussayn Karegar
33. Xrvoye Milich (Xorvatiya)
41. Arash Dajliriy
57. Shahin Tohirxoniy
66. Mas’ud Riki
70. Muhammad Daneshgar
74. Erfan Ruhoniy
Yarim himoyachilar
6. Ali Karimiy
8. Farshid Ismoiliy
9. Ali Dashti
14. Farshid Bageriy
15. Sina Xadempur
17. Zakaria Moradiy
23. Dariush Shojaian
40. Amirhussayn Xodamoradiy
80. Muhammad Bolboliramiy
88. Arash Rezavand
Hujumchilar
7. Cheyk Diabate (Mali)
10. Mehdi Qoidiy
42. Fardun Rabet
43. Muhammad Obidiy
72. Amirarsalan Motahhariy

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:25, 25.09.2020.
O'qildi: 7698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.