Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Qiziqarli voqea! Azar aslida «M-YU» yoki «Tottenhem»ga o‘tishi kerak edi, ammo...

Qiziqarli voqea! Azar aslida «M-YU» yoki «Tottenhem»ga o‘tishi kerak edi, ammo...

Baho:
+ | -

O‘z vaqtida Londonning «Tottenhem» jamoasida faoliyat olib borgan Xarri Rednapp transfer oynasining so‘nggi soatlarida "Sky Sports" kanalidagi onlayn ko‘rsatuvning mehmoni bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, murabbiy Eden Azar bilan bog‘liq qiziqarli voqeani sozlab berdi.

“2012 yilda biz Eden bilan aloqaga chiqqanimiz yodimda. To‘g‘risi, men jamoamda Beyl va Eden juftligining harakat qilishini juda istagan edim. Bunga ishonish mushkul, biroq biz bu ishni deyarli amalga oshirgan edik. 2011 yildayoq uni murabbiylar shtabidagi yordamchilarim kuzatishni boshlagan. Hatto, bir nechta o‘yinlarni stadiondan turib ham tomosha qilishgan. Biz klub rahbarlari bilan Azarning transferi haqida suhbatlashdik. Daniel Levi Azarning transferini amalga oshirish uchun pul ajratishini aytdi.

Afsuski, Azar 2012 yilning yozida deyarli barcha super grandlarning asosiy nishoniga aylandi. Shunga qaramay, uning agentlari bilan aloqani yo‘qotmadik. Edenning o‘zi ham «shporlar» safiga o‘tishga rozi edi. Hatto u bilan telefon orqali ham suhbatlashdik. Yodimda bor Eden bilan APLning bir yo‘la uchta klubi qiziqib qolgan edi. Hatto, Ser Aleks ham belgiyalik yosh futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi edi. Biz futbolchi va uning agentlari bilan ertaroq aloqa o‘rnatganimiz uchun Eden bilan og‘zaki shartnoma tuzdik. U agar «Tottenhem» kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etsa, albatta jamoa bilan shartnoma imzolashini ma’lum qildi. 2010/2011 yilgi mavsumni 4-o‘rinda yakunladik. Vazifa bajarilgan edi, biroq kutilmaganda «Chelsi» Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi va bizni musobaqada ishtirok etishdan mahrum qildi.”

Darhaqiqat, 2010/2011 yilgi mavsumda «shporlar» “Arsenal”dan atigi bir ochko ortda qolgan va chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlagan edi. APL finishiga 64 ochko bilan 6-o‘rinda yetib kelgan «Chelsi» esa Myunhenda «Bavariya»ni mag‘lub etib kelasi mavsumda avtomatik ravishda musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Aynan o‘sha mavsumdan so‘ng, «Tottenhem» YECHL yo‘llanmasidan, Rednapp esa ish joyidan ayrilgan edi. Eden Azar o‘zining «Tottenhem» bilan amalga oshmay qolgan shartnomasi haqida «Chelsi»dagi ilk kunlarida so‘zlab bergani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan bo‘lsa kerak.

Eden Azar: 

“ Ochig‘i menga avvaliga «Tottenhem»dan kelib tushgan taklif ko‘proq manzur bo‘lgan edi. Gap shundaki, bu APL chempionligi uchun kurashda 3-o‘rinda ketayotgan jamoa edi. Boz ustiga, tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar yoshlardan tashkil topgani ham e’tiborimni qozongan edi. Afsuski, «Tottenhem» mavsumning finishida ochkolarni boy berdi va 4-o‘rin bilan cheklandi. «Chelsi» esa, Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib «Tottenhem»ni ECHLdan mahrum qildi. Aynan shu voqea mening rejalarimni o‘zgartirib yubordi. Men kuchli klub safida to‘p surishni istadim. «Chelsi» o‘sha payda Yevropaning eng kuchli klubi edi.”

Yakunda Belgiyalik futbolchi «aristokratlar» bilan shartnoma imzoladi. «Chelsi» yosh iqtidor egasi uchun 32 million funt sarf etdi va adashmadi. Ushbu transferni «Chelsi» amalga oshirgach, Ser Aleks Fergusson ham o‘z fikri bilan o‘rtoqlashib o‘tdi. Sababi, bu murabbiy ham Xari Rednapp singari Edenni o‘z safida ko‘rishni juda istayotganlardan biri edi.

" «Manchester Yunayted»ning o‘zi uchun belgilab olgan chegaralari mavjud. Aynan shu chegaralardan chiqmagan holda transferlarni amalga oshirishga o‘rganganmiz. Biz pul sarf etayotgan futbolchi birinchi navbatda ulkan ko‘mak berishi, bizning og‘riqli nuqtamizni to‘ldirishi lozim. Afsuski, endilikda yaxshi futbolchini qo‘lga kiritish uchun uning agentiga ham pul to‘lash talab etilmoqda. Bu juda kulgili! «Chelsi» Eden Azarning agentini «rozi qilish» uchun 6 million yevro sarf etdi! Biroz avvalroq «Manchester Siti» ham Samir Nasrini qo‘lga kiritish uchun shu yo‘ldan borgan edi. Ochig‘i men shu yo‘sinda futbolchilarni o‘ziga og‘dirayotgan klublarga hasad qilmayapman. Shunchaki, biz Edenni o‘z o‘lchovimizda o‘lchadik. «Lill» esa, bizning o‘lchovimizdagi futbolchi uchun to‘lanadigan puldan bir necha barobar ko‘proq talab qildi. Ishoning, Edenning darajasi «Lill» uning so‘rayotgan pullarga javob bermaydi. Nima ham derdim, «Chelsi»ni yangi transfer bilan qutlab qolaman.”

E’tiborlisi shundaki, Ser Aleks «Manchester Siti»ga boy berilgan chempionlikni juda ham yurakka yaqin oladi. Aslida jamoa bilan xayrlashishni maqsad qilgan murabbiy yana bir mavsum «Qizil iblislar» postida qolishga qaror qiladi. Eden Azar uchun «Lill»ga taklif etilgan 24 million yevro rad etilgach, murabbiy bu pullarni Robin Van Persining transferi uchun sarflaydi. Gollandiyalik hujumchi esa, 2012/2013 yilgi mavsumda 30 ta gol kiritadi va «Manchester Yunayted»ning chempionligi uchun katta hissa qo‘shadi. Shotlandiyalik murabbiy esa, xotirjam nafaqaga yo‘l oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:20, 08.10.2020.
O'qildi: 8841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.