Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Rodrigo: Men yangi Neymar bo‘lishni xohlamayman

Rodrigo: Men yangi Neymar bo‘lishni xohlamayman

Baho:
+ | -

«Real»ning 19 yoshli braziliyalik hujumchisi Rodrigo o‘zini vatandoshlari — Neymar va Robinyo bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.

"Faoliyatimning boshidanoq, «Santos»da o‘ynagan kezlarimda ham meni Neymar va Robinyoga qiyoslashardi. Bu har doim bo‘lgan. Ammo har doim Rodrigo bo‘lishni va o‘z hikoyamni yozishni istashimni aytganman. Robinyo va Neymar «Santos» va o‘zi o‘ynagan boshqa klublarning afsonasi hisoblanadi. Neymar bitta, men esa faqat Rodrigo bo‘lishni xohlayman.

Menimcha, yuqori saviyali bo‘lish juda muhim, barchamiz bilamizki, mening pozisiyamda ajoyib futbolchilar bor. Braziliya terma jamoasida o‘ynash navbati kelganida, yaxshi harakat qilaman, mashg‘ulotlarda va har bir o‘yin oldidan Tite (Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi) talab qilgan narsalarni bajaraman. Terma jamoaga chaqirilishda davom etishim uchun uzluksiz o‘ynab turishim lozim", - dedi Rodrigo.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo 2019 yil yozida «Santos»dan «Real»ga o‘tgan. Madrid klubi uning transferi uchun 45 million yevro sarflagandi. Rodrigo hozirgacha «qirollik klubi» tarkibida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:09, 13.10.2020.
O'qildi: 2347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик