Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Ramos «Real»dan ketadi. Uning keyingi manzili aniq

Ramos «Real»dan ketadi. Uning keyingi manzili aniq

Baho:
+ | -

"Real" sardori Serxio Ramos joriy mavsum so‘ngida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.

"El Chiringuito" tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hali muzokaralarni boshlamadi. Serxioning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

"Yuventus" va "Pari Sen-Jermen" klublari Ramosga qiziqish bildirishmoqda. Ular hozirda 34 yoshli bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishmoqda.

Serxio Ramos kelajagi borasida qarorni 1 yanvarga qadar qabul qilishi kerak. Avvalroq "Real" himoyachiga bir yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ramos 2005 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytgacha u "qaymoqranglilar" futbolkasida 650dan ortiq o‘yinda ishtirok etgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 22:14, 13.10.2020.
O'qildi: 16876 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.