Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Ramos «Real» «Barsa»ning sobiq futbolchisini sotib olishini istamoqda

Ramos «Real» «Barsa»ning sobiq futbolchisini sotib olishini istamoqda

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«MYU» «Real» futbolchisiga ko‘z tikdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yozda «Real Madrid»dan Martin Edegorni sotib olish uchun kurash olib borgan.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» Doni Van De Bekdan avvalroq Martin Edogor bilan shartnoma imzolamoqchi edi.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qirollik klubi» va «qizil iblislar» o‘zari Edoyegorning transferi borasida kelishuvga erisha olmagan. Shu bois, bu transfer amalga oshmay qoldi.

«Bernli» ishga kirishdi

«Srastbur» jamoasi himoyachisi Muhammad Simaki faoliyatini «tumanli albionda» davom ettirishi mumkin.

20 yoshli himoyachi bilan ayni damda «Bernli» jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Klub futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan va unga klub taklif etayotgan maoshni ma’lum qilgan.

"The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, Muhammad aslida »Milan« futbolchisiga aylangan edi, biroq transferni rasmiylashtirish uchun »rossonerilar" 2 soatga kechikishgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Bernli» himoyachi uchun fransuz klubiga 17 million yevro taklif qilmoqda.

Marselo ketadimi?!

Madridning «Real» jamoasi sardorlaridan biri - Marselo faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Don Balon" nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi klub bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishni va MLS klublaridan biri bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Marseloning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.

«Inter» qishni kutmoqda

Milanning «Inter» jamoasi qishki transfer oynasi ochilishi bilan o‘z yarim himoyachilaridan ikkitasini transferga qo‘yishga qaror qilgan. Sportmediaset nashrining ma’lum qilishicha, klub yanvarda Marselo Brozovich va Kristian Eriksenlarni sotuvga qo‘yadi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, ikkita futbolchi ham Antonio Kontening rejasiga kiritilmagan. Shu bois, klub ularni kichikroq summa evaziga bo‘lsada sotib yuborishga qaror qilgan.

Ramos «Real» «Barsa»ning sobiq futbolchisini sotib olishini istamoqda

Angliyaning «Vulverhempton» klubi hujumchisi Adama Traore faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Don Balon nashrining ma’lum qilishicha, «Real Madrid» sardori Serhio Ramos klubdan Adama Traorening transferini sotib olishini iltimos qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Adama 2013-2015 yillar oralig‘ida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan va keyin Angliyaga ko‘chib o‘tgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:17, 18.10.2020.
O'qildi: 13399 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.