Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 yarim finalida Angliyaga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Top-terma jamoalarga qarshi o‘yinlar doim o‘zgacha bo‘ladi. Men hali Angliyaga qarshi o‘ynamaganman. Bu noyob bahs bo‘ladi. Biz ikkita qo‘shimcha bo‘limda ko‘p kuch sarfladik, endi esa tiklanib, yarim finalga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», — dedi 39 yoshli futbolchi.
Argentina chorak finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. Angliyaga qarshi yarim final uchrashuvi 15 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.













