Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Diomande APLga o‘tishga yaqin

Diomande APLga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» «Sporting» markaziy himoyachisi Usman Diomandeni 40 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, transfer bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Agar bitim reja bo‘yicha amalga oshsa, 22 yoshli kot-d’ivuarlik himoyachi shanba kuni Angliyaga uchib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng u «Nottingem Forest» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Diomande 2023 yil yanvar oyida Daniyaning «Midtyullann» klubidan «Sporting»ga ko‘chib o‘tgan. Shu vaqtdan beri u Lissabon jamoasi safida 132 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, himoyachi Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida 16 ta bahsda ishtirok etgan va 2026 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

«Nottingem Forest» Diomande transferini Portugaliyadagi yig‘in vaqtidayoq yakunlashni rejalashtirgan edi. Biroq bitimning so‘nggi tafsilotlarini kelishish kutilganidan ko‘proq vaqt talab qildi.

Kiritildi: 19:38, 08.08.2026.
O'qildi: 2884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик