Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

“Barselona” Alvaresni qo‘lga kiritishning yangi usulini topdi

“Barselona” Alvaresni qo‘lga kiritishning yangi usulini topdi

Baho:
+1 | -

“Barselona” Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha rejasini o‘zgartirdi.

AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direktori Dekuning futbolchi agenti Fernando Idalgo bilan uchrashuvidan so‘ng klub matbuot orqali bosim o‘tkazishdan voz kechgan. Avvalroq Alvares 2026 yilgi Jahon chempionatida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida “orzusini amalga oshirish istagi” borligini aytib, klubidan uni transfer qilishni ochiqchasiga so‘ragandi. Endilikda esa tomonlar yopiq muzokaralarga o‘tmoqda.

Hujumchi “Atletiko” bilan mashg‘ulotlarni davom ettiradi va OAVga hech qanday izoh bermaydi. Alvares bosh murabbiy Diyego Simeone hamda Madrid klubi rahbariyatini uni qo‘yib yuborishga shaxsiy tarzda ishontirmoqchi.

Argentinalik futbolchi klub rahbarlariga avvalroq bergan va’dasini eslatishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, “Atletiko”ga munosib taklif tushsa, transferga rozilik berilishi mumkin. Alvares esa faqat “Barselona”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda.

“Matraschilar” rahbariyati hamon asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishga qarshi. Muzokaralarni joyidan siljitish uchun kataloniyaliklar transfer byudjetini sezilarli darajada oshirishga tayyor:

- “Barselona”ning dastlabki taklifi 100 million yevrodan kam bo‘lgan;
- Keyinchalik taklif 100 million yevrogacha oshirilgan;
- Hozirgi yangilangan taklif esa 120 million yevroga baholanmoqda.

Endi Madrid klubi rahbariyati “Barselona”ga o‘tishni rasman so‘ragan qimmatbaho futbolchini jamoada saqlab qolish kerakmi yoki yo‘q, degan masalani hal qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Alvares 2024 yilda “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga o‘tgan va Madrid klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan. Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etgan, yana 20 million yevro bonuslar sifatida belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:32, 09.08.2026.
O'qildi: 4655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик