Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

“Paxtakor” o‘z himoyachisini Fransiya klubiga sotmadi (foto)

“Paxtakor” o‘z himoyachisini Fransiya klubiga sotmadi (foto)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Fransiyaning “Brest” jamoasi “Paxtakor” himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, biroq Toshkent klubi futbolchini sotishni istamadi.

Ma’lum qilinishicha, fransuz klubi himoyachini keyinchalik to‘liq sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga so‘ragan. Biroq “Paxtakor” rahbariyati hamda murabbiylar shtabi futbolchining legionerga aylanishiga qarshilik ko‘rsatgan va taklifni rad etgan.

Agar mazkur kelishuv ijobiy yakun topganida, bu O‘zbekiston chempionatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropaning top-5 ligalaridan biriga amalga oshirilgan ilk tarixiy transfer bo‘lar edi.

Ma’lumot uchun, Abdumajidov “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023-yildan beri “sherlar”ning asosiy jamoasida to‘p tepadi. Futbolchi joriy mavsum klub safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 assistni yozdirib qo‘ygan. Uning Toshkent klubi bilan shartnomasi 2027-yilning oxiriga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Muhammadrasulning bozor qiymatini 600 ming yevroga baholagan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:39, 30.08.2026.
O'qildi: 4259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик