Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Ispaniya terma jamoasi "Barselona"ning yangi kashfiyotini kuzatmoqda

Ispaniya terma jamoasi "Barselona"ning yangi kashfiyotini kuzatmoqda

Baho:
+1 | -

Ispaniya futbol federasiyasi "Barselona"ning yosh iqtidori Xavi Espartni yaqindan kuzatmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

19 yoshli futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikdayoq yaxshi taassurot qoldirgan edi. La Liga start olgach esa u "Barselona"da barchani hayratga solib, asosiy tarkibda o‘z o‘rnini topdi.

Aslida o‘ng qanot himoyachisi hisoblangan Espart kutilmagan tarzda chap qanot himoyachisi pozisiyasida birinchi raqamli tanlovga aylandi.

U "Elche", "Atletik" va "Rayo Valyekano"ga qarshi g‘alabali uchrashuvlarda yuqori saviyada o‘ynab, murabbiylar shtabi ishonchini qozondi.

Espartning yorqin o‘yinlari Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente e’tiboridan ham chetda qolmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis futbolchining rivojlanishini shaxsan kuzatib bormoqda.

Yosh futbolchining universalligi ham uning katta ustunligi hisoblanadi. Espart himoyaning har ikki qanotida, yarim himoyada va hujumkor pozisiyalarda ham harakat qila oladi.

Endi asosiy savol — 19 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida Ispaniya milliy terma jamoasiga ilk chaqiruvni oladimi yoki yo‘q.

Kiritildi: 18:05, 02.09.2026.
O'qildi: 3253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик