"Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominey Joze Mourinyu bilan "Real"da yana birga ishlash imkoniyatini istisno qilmadi.
"Mourinyu menga "Real" haqida qo‘ng‘iroq qilsa, rostini aytsam, bu variant haqida o‘ylab ko‘rardim", — dedi shotlandiyalik futbolchi.
Mourinyu "Manchester Yunayted"ni boshqargan davrda aynan Maktomineyga asosiy jamoada debyut qilish imkoniyatini bergan edi.
Shotlandiyalik yarim himoyachi Manchesterda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qila olmagan bo‘lsa-da, "Napoli"ga o‘tgach faoliyatida yangi bosqichni boshladi va Italiya chempionatining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylandi.
Maktominey kelajakda "Real" uchun qiziq variant bo‘lishi mumkin. Biroq "Napoli" ham o‘z yetakchisini qo‘yib yuborish niyatida emas va u bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
Futbolchi "Napoli" safida 87 ta uchrashuvda 27 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.
U 2024/25 yilgi mavsumda "Napoli"ning A Seriya chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynagan.













