Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Olmo Xulian Alvaresning "Barsa"ga o‘ta olmaganiga munosabat bildirdi

Olmo Xulian Alvaresning "Barsa"ga o‘ta olmaganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

"Har kimning o‘z orzusi bor. Menimcha, Xulian ham nimani xohlayotganini juda yaxshi bilardi. U o‘z orzusi uchun kurashdi, ammo sen nazorat qila olmaydigan tashqi omillar ham bo‘ladi", — deya Olmoning so‘zlarini Mundo Deportivo keltirdi.

"Barselona" yozgi transfer oynasida Alvaresga jiddiy qiziqish bildirgan va futbolchining o‘zi bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan edi.

Biroq transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq "Atletiko"ning pozisiyasi bo‘ldi. Madrid klubi argentinalik hujumchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi "Barselona"ga sotishdan bosh tortgan.

Shu bilan birga, "Atletiko" Alvaresni "Arsenal"ga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan, ammo futbolchining o‘zi London klubiga o‘tish variantini rad etgan.

Kiritildi: 23:25, 02.09.2026.
O'qildi: 3801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик