«Oltin to‘p» sovrinining rasmiy saytida ovoz berish yakunlari bo‘yicha ochkolar teng kelgan taqdirda g‘olib qanday aniqlanishiga oydinlik kiritildi.
France Football reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng bo‘lgan holatda birinchi o‘rin uchun ko‘proq ovoz olgan futbolchi yuqori o‘rinni egallaydi. Agar bu ko‘rsatkich ham bir xil bo‘lsa, ikkinchi o‘rin uchun berilgan ovozlar soni hisobga olinadi. Keyin esa uchinchi va undan keyingi o‘rinlar uchun berilgan ovozlar inobatga olinadi.
Agar ikki futbolchining barcha ko‘rsatkichlari ham mutlaqo bir xil bo‘lib qolsa, yakuniy qarorni France Football bosh muharriri qabul qiladi.
«Oltin to‘p» sovrini 26 oktyabr, dushanba kuni Londonda topshiriladi.













