Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Atletiko" Alvaresni "Barsa"ga taklif qilishga tayyorlanmoqda

"Atletiko" Alvaresni "Barsa"ga taklif qilishga tayyorlanmoqda

Baho:
+1 | -

El Chiringuito TV jurnalisti Xose Alvaresning xabar berishicha, Xulian Alvaresning atrofidagilar "Atletiko" argentinalik hujumchini yanvar oyida "Barselona"ga taklif qilishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, qishki transfer oynasida "Barselona" Xulian Alvaresni xarid qilish uchun moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq cheklovlarga duch kelmasligi kutilmoqda.

Yozda "Atletiko" futbolchining xohishiga qaramay, uning "Barselona"ga o‘tishiga to‘sqinlik qilgan edi. Shundan so‘ng Alvares va Madrid klubi o‘rtasidagi munosabatlar ham sovuqlashgani aytilmoqda.

26 yoshli hujumchi kelajakda "Barselona" safida o‘ynash orzusidan hali ham voz kechmagan. Kataloniya klubi ham uni transfer qilishga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, "Barselona" kelgusi transfer oynalarida imkoniyat paydo bo‘lsa, Alvaresni xarid qilish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

"Atletiko"ning "Yuventus"dan Jonatan Devidni transfer qilgani ham Madrid klubi Alvaresga o‘rinbosar tayyorlayotganining belgisi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 18:24, 03.09.2026.
O'qildi: 5157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик