BBC nashri ayni paytda klubsiz qolgan eng mashhur futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.
Yevropaning top-chempionatlarida transfer oynasi chorshanbaga o‘tar kechasi yopildi. Biroq ayrim boshqa ligalarda hali ham yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Hozirda erkin agent maqomida turgan taniqli futbolchilar orasida quyidagilar bor:
— Karim Benzema, so‘nggi klubi — «Al-Hilol»;
— Pol Pogba — «Monako»;
— Riyad Mahrez — «Al-Ahli»;
— Rahim Sterling — «Feyenoord»;
— Filippe Koutinyo — «Vasko da Gama»;
— Jeydon Sancho — «Manchester Yunayted»;
— Daniel Karvaxal — «Real»;
— Jeymi Vardi — «Kremoneze»;
— David Alaba — «Real»;
— Serxio Ramos — «Monterrey»;
— Aleksandr Zinchenko — «Ayaks»;
— Xames Rodriges — «Minnesota»;
— Antoni Marsyal — «Monterrey»;
— Dele Alli — «Komo».
Ushbu futbolchilar erkin agent bo‘lgani uchun transfer oynasi yopilganidan keyin ham yangi klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.













