Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

A Seriya. "Inter" "Napoli"ga qarshi fantastik kambek qildi

A Seriya. "Inter" "Napoli"ga qarshi fantastik kambek qildi

Baho:
+ | -1

"Inter" Italiya A Seriyasining 3-turida o‘z maydonida "Napoli"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Neapolliklar Mateo Politano va Rasmus Xyoylundning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Politano 50-daqiqada, Xyoylund esa 53-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

56-daqiqada Lautaro Martines hisobdagi farqni qisqartirdi. 82-daqiqada Markus Tyuram muvozanatni tikladi, 90+1-daqiqada esa Lautaro ikkinchi golini urib, "Inter"ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, "Inter" 3 ta o‘yinda 9 ochko to‘plab, 2026/27 yilgi A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Napoli" esa 3 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda "Inter" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qiladi, "Napoli" esa uyda "Bolonya"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:04, 05.09.2026.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик