«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ange Postekoglu jamoasi 5-tur doirasida safarda «Al-Ittihod»ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Uchrashuvdan keyin «An-Nasr» hujumchisi Joau Feliks jurnalistlarga intervyu berishdan bosh tortdi. Biroq ularning oldidan o‘tib ketayotib, keskin fikr bildirdi.
«Men sizlar bilan gaplashmayman. Chunki fikrimni aytsam, bu ligani fosh qilib qo‘yaman», — deya portugaliyalik futbolchining so‘zlarini Al Nassr Zone keltirmoqda.
«An-Nasr» 12 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Peshqadam «Al-Hilol» esa hozircha ochko yo‘qotmadi va 15 imkoniyatdan 15 ochko jamg‘argan.













