Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Adama Traore debyut o‘yinida o‘z darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi (VIDEO)

Adama Traore debyut o‘yinida o‘z darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qildi (VIDEO)

Baho:
+ | -

"Deportivo" futbolchisi Adama Traore Ispaniya La Ligasining 4-turida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda g‘aroyib avtogol muallifiga aylandi.

30 yoshli futbolchi 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, u raqibning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini bosh bilan uzoqlashtirishga harakat qildi. Biroq zarba shu qadar kuchli va aniq chiqdiki, to‘p o‘z darvozasi tomon yo‘nalib, golkiper Leo Roman ustidan to‘rga borib tushdi. Natijada "Vilyarreal" 2:1 hisobida oldinga chiqdi.

Qizig‘i, bu Traorening "Deportivo" safidagi debyut uchrashuvi edi. Shunga qaramay, uning xatosi jamoasiga qimmatga tushmadi: uch daqiqadan keyin Zakariya Eddaxchuri hisobni tenglashtirdi, 88-daqiqada esa Pyer-Emerik Obameyang g‘alaba golini urdi — 3:2. 

Kiritildi: 17:18, 06.09.2026.
O'qildi: 3774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик