Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Benzema o‘zidan kuchli deb hisoblaydigan hujumchini aytdi

Benzema o‘zidan kuchli deb hisoblaydigan hujumchini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiyalik futbolchi Karim Benzema barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi bo‘lish borasida kimni o‘zidan ustun qo‘yishini aytdi.

Madridning «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi o‘zini tarixdagi eng yaxshi hujumchilardan biri deb hisoblashini, ammo birinchi o‘ringa qo‘ymasligini tan oldi.

— Barcha davrlarning eng yaxshi uch nafar hujumchisi qatoriga kirasizmi?

— Ha.

— O‘zingizni eng yaxshi deb hisoblaysizmi? Agar yo‘q bo‘lsa, kim sizdan kuchli?

— Yo‘q. Eng yaxshisi — R9, ya’ni braziliyalik Ronaldo, — dedi 38 yoshli futbolchi.

Karim Benzema yaqinda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini tark etib, erkin agentga aylandi. U avval «Al-Ittihod» sharafini himoya qilgan, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishidan oldin esa 14 yil davomida «Real»da to‘p surgan.

Kiritildi: 08:03, 08.09.2026.
O'qildi: 4845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик