Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

"Arsenal" egasi yana bir yirik sport klubini sotib olmoqda

"Arsenal" egasi yana bir yirik sport klubini sotib olmoqda

Baho:
+ | -

"Arsenal" egasi Sten Kronkega tegishli Kroenke Sports + Entertainment kompaniyasi "Los-Anjeles Eynjels" beysbol klubining nazorat paketini Arte Morenodan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bitim Major League Baseball hamda liga klublari egalari tomonidan ma’qullanishi kerak. Kutilishicha, jarayon 2027 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, "Eynjels" 4 milliard dollarga baholangan. Agar bitim shu summada amalga oshsa, bu MLB tarixidagi eng qimmat klub sotuviga aylanadi va joriy yilda "San-Diyego Padres" uchun to‘langan 3,9 milliard dollarlik rekordni yangilaydi.

Arte Moreno klubni 2003 yilda 183,5 million dollarga sotib olgan edi.

Kronke KSE orqali allaqachon bir qator yirik sport jamoalariga egalik qiladi. Ular orasida "Arsenal", "Los-Anjeles Rems", "Denver Naggets", "Kolorado Evelansh" va "Kolorado Repids" bor.

Yangi bitim Kronkening AQSH sport industriyasidagi ta’sirini yanada oshiradi.

"Eynjels" so‘nggi yillarda natijalar borasida qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa so‘nggi 16 mavsumning 15 tasida pley-offga chiqa olmagan va 2026 yilda ketma-ket 11-mavsumni salbiy g‘alaba-mag‘lubiyat balansi bilan yakunlash xavfi ostida turibdi.

Kiritildi: 23:19, 02.09.2026.
O'qildi: 2250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик