"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde uchun transfer bozorida jiddiy kurash kechishi kutilmoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar safida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchini Angliyaning bir qator grandlari hamda "Bavariya" qo‘lga kiritmoqchi.
"Barsa" 50 million yevrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.













