Madridning «Real» klubi «Betis»ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik doirasida ikkinchi mashg‘ulotni o‘tkazdi. La Liganing 4-turidagi bahs juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotda «Real»ning 31 avgust kuni «Rasing»dan 3 million yevro atrofida xarid qilgan 19 yoshli yarim himoyachi Serxio Martines ishtirok etgani asosiy yangilik bo‘ldi. Marca ma’lumotiga ko‘ra, Martines «Kastilya» safida o‘ynaydi, biroq klub rahbariyati uni vaqti-vaqti bilan asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilib borishni rejalashtirmoqda.
Qolgan yangiliklar jarohatlangan futbolchilar bilan bog‘liq. Orelyen Tchuameni, Marko Asensio, Mendi, Eder Militao, Rodrigo, Endrik va Tyago tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Ularning hech biri keyingi uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilmasligi kutilmoqda.













