Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

La Liga. "Real" "Malaga" darvozasiga 4 ta to‘p kiritdi

La Liga. "Real" "Malaga" darvozasiga 4 ta to‘p kiritdi

Baho:
+ | -

"Real" Ispaniya chempionatining 3-tur uchrashuvida o‘z maydonida "Malaga"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Madridliklar uchrashuvning 30-daqiqasiga qadar raqib darvozasiga uchta to‘p kiritishdi. Jud Bellingem, Kilian Mbappe va Alfonso Errero (avtogol) o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. Uchrashuv yakuniga yaqin Arda Gyuler "Real"ning to‘rtinchi golini urdi. Unga Vinisius Junior assistentlik qildi.

Shu tariqa, "Real" chempionatda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Joze Mourinyu jamoasi 9 ochko jamg‘argan holda La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Malaga" esa 1 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

La Liganing 4-turida "Real" 4 sentyabr kuni safarda "Betis"ga qarshi maydonga tushadi. "Malaga" esa 6 sentyabr kuni o‘z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:03, 30.08.2026.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик