«Galatasaroy» «Milan» vingeri Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Turkiya klubi transferning moliyaviy tafsilotlarini ham ochiqladi. Kelishuvga ko‘ra, «Galatasaroy» 27 yoshli futbolchi uchun «Milan»ga 38 million yevro to‘laydi.
Shuningdek, italiyaliklar Leauning keyingi transferidan olinadigan foydaning 20 foiziga ega bo‘ladi.
Portugaliyalik futbolchi «Galatasaroy» bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U har bir mavsum uchun 10 million yevro miqdorida kafolatlangan maosh oladi.
Leau 2019 yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U Italiya klubiga «Lill»dan ko‘chib o‘tgan.
Futbolchi «rossoneri» safida Italiya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.













