Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" 90+2-daqiqadagi gol evaziga "Nasaf"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" 90+2-daqiqadagi gol evaziga "Nasaf"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichida "Navbahor" o‘z maydonida "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Namanganda o‘tgan uchrashuvda uzoq vaqt hisob ochilmadi. Bahs taqdiri ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda hal bo‘ldi.

90+2-daqiqada Ruslanbek Jiyanov "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilib, "Navbahor"ga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari minimal hisobda zafar quchib, O‘zbekiston kubogining chorak finaliga chiqdi.

Uchrashuvni Temur To‘xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi. Bahs davomida "Navbahor"dan Asadbek Rahimjonov, "Nasaf"dan Dilshod Murtozayev va Sardor Bahromov sariq kartochka oldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:57, 30.08.2026.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик