El Chiringuito nashri jurnalisti Jota Jordining xabar berishicha, "Atletiko" Madrid argentinalik hujumchi Xulian Alvaresning Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishi bo‘yicha bitimni yozma ravishda ma’qullagan.
"Atletiko" Madrid Xulianga uning "Barselona"ga o‘tishi ma’qullangani haqida yozma tasdiqnoma berdi", — deya Jordining so‘zlaridan iqtibos keltiradi El Chiringuito.
Alvares 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga 75 million yevro hamda 20 million yevro bonus evaziga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda hujumchi 49 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yangi mavsumda esa Xulian atigi bir marta maydonga tushdi va hali gol urmadi.













