Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Andrey Miklyayev: "Yosh futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuzishga biroz vaqt kerak"

Andrey Miklyayev: "Yosh futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuzishga biroz vaqt kerak"

Baho:
+ | -

“Mash’al”ga qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘yin juda tez o‘tib ketdi. Umuman olganda bahs jangovar o‘tdi. Ikki tomon ham ochkolar uchun kurashdi. Ayni damda ochkolar juda kerak. Birinchi bo‘limda teng o‘yin bo‘ldi, ikkinchi taymda esa raqibdan biroz ustunroq bo‘ldik. “Mash’al” himoyadan chiqib, qarshi hujumlarga o‘tishda yaxshi o‘ynadi. Ular asosan to‘pni oldinga tepib yuborishaverdi. Biz esa vaziyatlar yaratishga harakat qildik, biroq gol ura olmadik. O‘yin teng o‘tdi desak bo‘ladi, lekin kichik ustunlik bizning tomonimizda edi.

– “Lokomotiv”ning ayni damda qayd etayotgan natijalarini uyatli deb hisoblaysizmi?

– Oldin ham aytganimdek, tarkibning katta qismi jamoadan ketdi. Endi esa yoshlarga e’tibor qaratyapmiz. Albatta, natijalar klubning darajasiga mos emas. Barchasi tez amalga oshmaydi, sekin-sekin, vaqt o‘tgan sari yaxshilanib boradi. Yoshlarimiz ko‘p, ularni birlashtirib, yangi jamoa tuzish uchun vaqt talab etiladi.

– “Lokomotiv” tarkibida “Mash’al”ning 6 nafar futbolchisi harakat qildi. Ularning o‘yinidan qoniqdingizmi?

– “Mash’al”ning akademiyasi yaxshi ishlaydi. Ulardan doimo o‘rnak olib ishlash kerak. O‘zbek futboliga ko‘plab iqtidorlarni yetkazib bergan “Mash’al” akademiyasiga minnatdorlik bildiraman. Agarda chempionatdagi jamoalarga e’tibor qaratsak, deyarli barcha jamoalar tarkibida “Mash’al” tarbiyalanuvchilari harakat qiladi. Akademiyaning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

– Agarda “Mash’al”dan taklif tushsa, rozilik berasizmi?

– (kuladi) Hozirda e’tiborim “Lokomotiv”ga qaratilgan, boshqa narsaga chalg‘imoqchi emasman.

Kiritildi: 18:38, 02.11.2020.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.