Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

Klopp - «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin haqida: «Futbol olamidagi eng qiyin o‘yin bo‘ladi»

Klopp - «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin haqida: «Futbol olamidagi eng qiyin o‘yin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 8-tur doirasida «Manchester Siti» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Umid qilamanki, ikki jamoa uchun ham juda qiyin o‘yin. Bu yil juda ko‘p narsa o‘zgardi, o‘tmish yoki avvalgi yil bilan o‘xshashlik hech narsa qolmadi.

Menga bunday o‘yinlar yoqadi, tayyorgarlik yoqadi, ammo bu narsa hech nimani osonlashtirmaydi.«Manchester Siti»ga qarshi uchrashuv haqiqatdan ham qiyin vazifa.

O‘tgan yili biz Manchesterda mag‘lub bo‘lgandik, ammo men ushbu bahsni boshqalar bilan birga ko‘rishni xohlamayman, chunki, o‘yindan uch kun avval biz Angliya chempioniga aylangan edim, bu biz uchun ajoyib damlar edi.

Uyda o‘ynaymizmi yoki safardami, buni ahamiyati yo‘q, muhimi biz reja bilan kurashishimiz, dadil bo‘lishimiz, ajoyib o‘yin ko‘rsatimiz va bor kuchimiz bilan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak. Shundagina bizda imkoniyat bo‘lishi mumkin. Lekin juda qiyin bo‘ladi. Bu - futbol olamidagi eng qiyin o‘yin», – dedi Klopp.

«Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalari 8 noyabr kuni «Ittihod» stadionida o‘zaro bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:29, 06.11.2020.
O'qildi: 3693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.