Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Kamtarlikni Ronaldudan o‘rganing!

Kamtarlikni Ronaldudan o‘rganing!

Baho:
+1 | -1

Stadion.uz o‘tgan haftada Ronaldu bilan bo‘lib o‘tgan voqea haqida fikr almashadi. Ushbu holat, Krishtianuning hayotdan qanday inson ekanligini isbotlab berdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

“Casa Fiore” Turindagi eng nomdor restoranlardan biri sanaladi. Uning mijozlari soni ko‘p, shu bois avvalda stol buyurtma berish lozim. Bunga xo‘randalar o‘rganib qolishgan. Shu bois, bu holat odat tusiga kirgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ronaldu oilasi bilan Turinga ko‘chib o‘tgach, ushbu restoranda  kechki ovqatga tashrif buyuradi. Unga bu joy manzur kelgani bois, tez-tez oilasi bilan kelib tura boshlaydi. Qahramonimiz o‘zining navbatdagi tashrifi oldida restoran egasiga qo‘ng‘iroq qiladi. Unga kechki 21:00 da 3 kishilik stol buyurtma beradi. Keling, ushbu voqeani Italiya sport nashrlari uchun so‘zlab bergan shaxsning o‘zidan eshitamiz.

“Tushlik chog‘i telefonim jiringlab qoldi. Qarasam, shaxsan Ronalduning o‘zi! Shoshib javob berdim. U sog‘lig‘im bilan qiziqdi va menga 21:00 ga 3 kishilik stol band qilishimni iltimos qildi. O‘ylab o‘tirmay «bajaramiz» deb yubordim. Go‘shakni qo‘ygach, noqulay ahvolda qoldim. Sababi, u qo‘ng‘iroq qilganida allaqachon barcha stollar band qilingan edi. Shunday bo‘lsada, soat 17:00 ga band qilganlardan biri erta ketishiga umid qilishdan boshqa choram yo‘q. edi.

Afsuski, barchasi kutilmagan ko‘rinish oldi. Hech kim uyga ketmoqchi emas. Barcha mayin musiqa sadosi ostida suhbatlashib o‘tirar, liq to‘la zaldagilarga qarab nima qilishni bilay qoldim. Soat 20:00 dan o‘tgach, Krish Jorjino va o‘g‘li bilan birgalikda restoranga tashrif buyurdi. Yaxshiki, ular kelguniga qadar qo‘shni xonadagi biroz kamtarin stol-stulni zalning burchagiga joylashtirib qo‘ygan edim. Uning oldiga keldim, va vaziyatni tushuntirdim.”

Endi bir tasavvur qilib ko‘ring! Sayyoramizning eng badavlat futbolchisi oilasi bilan tashrif buyurgan restoranda unga joy yo‘q. Vaholanki, Krish ancha avvalroq stol buyurtma bergan va aytilgan vaqtga yetib kelmoqda. Hisob raqamida milliard yevrodan ortiq puli bor inson bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edi?

«Ronaldu zalga kirib kelgach, barcha jim bo‘lib qoldi. Hamma uni kuzatar, pichir-pichir ovozlar eshitila boshladi. U esa, barchasi yaxshi ekanligini ma’lum qildi va joy bo‘shagunga qadar zal burchagidagi kichik stolda kutib o‘tirishini aytdi. Bunga ishonish mushkul, biroq u 40 daqiqa o‘zi buyurtma bergan stolining bo‘shashini kutib o‘tirdi. Tasavvur qilyapsizmi? 40 daqiqa! Taomlanish uchun tashrif buyurganlar esa, uni tomosha qilishdan charchamas edi. U esa, o‘g‘li va sevgilisi bilan shirin suhbat qurgancha ularni kuldirib o‘tirdi. Meni qanday ahvolga tushib qolganimni tasavvur qilib ko‘ring! Har besh daqiqada zalga ko‘z tashlayman. Hamma band. Hech kim ketmoqchi emas. Men uchun o‘sha kuni vaqt to‘xtab qolgandek tuyuldi.»

Darhaqiqat, Ronaldu bir soatda deyarli ming yevroga yaqin pul topadi. Shunday bo‘lsada, u tarbiyali inson ekanligini unutmagani tahsinga sazovor. Restoran egasining aytishicha, futbolchi o‘sha kuni mamnun kayfiyatda uyiga ravona bo‘lgan.

“Bilasizmi, soat kechki 9 dan o‘tib ketgachgina stollardan biri bo‘shadi. Men shoshilib Krishning oldiga keldim va uzr so‘radim. U jilmaydi va hammasi joyida ekanligini aytdi. Unga alohida xizmat ko‘rsatishlarini talab qildim. O‘sha oqshom biz uning va oila a’zolarining ko‘nglini ovlashga harakat qildik. Hatto, kechki ovqatni o‘z hisobimizdan dedik, biroq Krish unamadi. U hammasi uchun rahmat aytdi va quvnoq kayfiyatda restoranimizni tark etdi.

Uning ortidan qarab qolar ekanman, Krish nafaqat kuchli sportchi, balki kuchli shaxs ekanligini chuqur his etdim. Men uzoq yillik faoliyatim davomida juda ko‘plab mashhur shaxslarga xizmat ko‘rsatganman. Ishonasizmi, Krish bizning restoranga tashrif buyurgan eng mashhur insonlardan biri sanaladi. Unga qadar, juda ko‘plab kekkaygan insonlarni uchratganman.  «A ceriya»ning o‘rtamiyona klublaridagi futbolchilari stol bo‘shashini hatto 5 daqiqa ham kutib o‘tirishmaganiga ham guvoh bo‘lganman. U singari badavlat, mashhur va jahon yulduzi restoranda stol bo‘shashini 40 daqiqa chiroyli sabr bilan kutgani meni hayron qoldirdi. Bunga qadar biror marotaba bunday kamtarin insonni ko‘rmagan edim.

O‘sha kuni shuni tushunib yetdim. Ronaldu juda ham yaxshi tarbiya ko‘rgan, hurmatga loyiq inson ekan. Uning maydonda erishgan yutuqlari ortida aynan shu xislatlarining ham hissasi mavjud ekanligiga Shubham yo‘q. U men ko‘rgan mashhurlar orasidagi eng kuchli shaxs sifatida xotiramda abadiy qoladi.”

Manba: sports.ru
Kiritildi: 00:25, 12.11.2020.
O'qildi: 15978 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.