Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Emeri: «Real» «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda kuchsiz bo‘lmaydi»

Emeri: «Real» «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda kuchsiz bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mazkur bahs 21 noyabr kuni "sariq suvosti kemasi" maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu jamoa hozirda jadvalda 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Qirollik klubi" 4-pog‘onani band etgan.

«Barcha jamoalar mavsum boshida noodatiy tayyorgarlik tufayli qiyinchiliklarga duch keldi. Bundan tashqari, yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar rotasiya va o‘yin amaliyoti bilan bog‘liq masalani hal etishlari kerak. «Real» esa jarohatlar bilan muammolarga ham duch keldi.

"Madrid" bizga qarshi o‘yinda kuchsiz bo‘ladi, demagan bo‘lardim. Ular yuqori pog‘onaga ko‘tarilishlari uchun g‘alaba qozonishlari kerak. Bundan tashqari, to‘rt kundan keyin ular «Inter»ga qarshi maydonga tushishadi. O‘ylashimcha, mazkur ikki o‘yinda kuchli «Real»ni ko‘ramiz. Ular o‘yinchilarga dam beradimi yoki rotasiyani amalga oshiradimi, buni bilmadim. «Real» maydonga eng kuchli 11 futbolchini tushirganida, ularni yengish juda qiyin bo‘ladi.

Shunday murabbiylar borki, ular ma’lum jamoalarga mos tushadi. Zidan esa «Real»ga mos kelgan. Natijadan qat’i nazar barcha unga ishonadi va hurmat qiladi. Ba’zida uning qarorlari shubha ostiga olinsa ham, biz Zidan «Real» uchun qilayotgan ishlarini unutmasligimiz kerak", — dedi Emeri.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 14:35, 20.11.2020.
O'qildi: 2264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.