Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Messi qizishib ketdi! Uning endigina raqibi Grizmann!

Messi qizishib ketdi! Uning endigina raqibi Grizmann!

Baho:
+ | -

Stadion.uz Kataloniya klubi yulduzi - Leo Messi va Antuan Grizmann o‘rtasida paydo bo‘lgan nizo borasida fikr almashadi. E’tiborlisi shundaki, ushbu voqea yaqin soatlar ichida avj oldi.

Leo terma jamoa tasarrufida bo‘lishiga qaramay, uning atrofidagi shov-shuvlar bir soniya ham to‘xtamayapti. Bu safar uning shov-shuvga sabab bo‘lishiga Antuan Grizmann bosh omil bo‘lib xizmat qildi. Hali-hamon o‘zini Kataloniyada baxtsiz his etayotgan futbolchining bunda nima aybi bor deb o‘ylayapsizmi? Keling, hammasi haqida navbati bilan.

Aslida, Leo va Antuan o‘rtasidagi munosabatlar sira yaxshi bo‘lmagani tobora aniqlashib bormoqda. Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Leo Antuanning "Atletiko" safida aytgan so‘zlaridan kelib chiqib u bilan muomala qilmoqda.

Darhaqiqat, «matraschilar» safida fransuz haqida kattagina hujjatli film suratga olingan edi. O‘sha filmda Antuan nima uchun «Barselona»ning taklifini rad etgani haqidagi savolga quyidagicha javob beradi: «Men »Barselona«da Messining leytenanti bo‘lishni istamayman!» Shuningdek, o‘sha filmda futbolchi tomonidan yangragan bir nechta so‘zlar argentinalik dahoning ko‘nglidan og‘ir joy olgan ko‘rinadi. Shu bois, u fransuzni sira «o‘ziniki»deb qabul qila olmadi. Afsuski, Messi amaldagi JCH g‘olibini kechira olmadi. Shu bois, Antuan kelasi mavsumda ham aytarli o‘sishni namoyish eta olmadi. Endi esa, Antuanning transferini esa, klub prezidentligiga da’vogar Viktor Font tanqid ostiga oldi:

"Transferlar borasida Bartameu omadsiz. U shaxsan Antuanning transferi ustida ishlagan edi. Afsuski, u futboldan yiroq shaxs"

Mana ikkinchi mavsumda ham Antuan hech qanday mo‘’jiza namoyish etmayapti. Uning o‘yinlarini ko‘rgan birorta muxlis 100 millionlik futbolchi deb o‘ylamaydi. Shunday muammoli chog‘da vaziyatni yanada chigallashtirgan shaxs sifatida Antuanning agenti katta sahnaga chiqishi hammasidan oshib tushdi. Terma jamoalar kunlarida Erik Olatas media orqali Messiga hujum uyushtirdi.

"Antuan butun boshqaruvi Messining qo‘lida bo‘lgan va hozirda og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotgan jamoa safiga o‘tdi. U «Barsa»da bir vaqtning o‘zida imperator, monax va hamma narsa! Shu bois, u boshidanoq Antuanning transferini istamagan edi. Shu bois, uni iliq qabul qila olmadi.

Uning fransuz bilan muomalasi boshidan yaxshi emas edi. Boz ustiga, u o‘zining pozisiyasini Antuanga boshidanoq ko‘rsatib qo‘yishni istadi. Doimo Grizmanndan Messi bilan hech qanday muammo yo‘q ekanligini eshitaman, biroq Leo bu so‘zlarni 2 yil davomida biror marotaba aytgani yo‘q.

Menimcha, Leo o‘zining klubdagi o‘rni qay darajada ekanligini his qilish uchun ham ketishi haqidagi mish-mishlarni yoyib yubordi. U shu yo‘sinda, boshqa futbolchilarga o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Yakunda esa, u qoldi. Bunday qiliq Messi uchun odatiy holat! U maydon ichida qanchalar yaxshi bo‘lsa, uning ortida shu qadar yomon shaxs!

«Barselona» anchadan beri muammolar girdobida. Antuanning Kataloniyadagi ilk mavsumi juda og‘ir o‘tgan. Muammo klubda emas, futbolchida! Leo ilk kunlardanoq Grizmann bilan so‘zlashmadi. Unga o‘yinda pas bermadi. Yakkalab qo‘yishga intildi. U Antuanning jamoa moslashishi qiyin bo‘lishi uchun barcha narsani amalga oshirdi. Bu ishlar darrov o‘z so‘zini aytdi. Buni tashqaridan anglash qiyin emas. Bu vaziyatga «Bavariya»dan o‘tkazib yuborilgan 8 ta gol, 3 ta murabbiy va Bartameuning iste’fosini qo‘shsak, Grizmann uchun o‘zini ko‘rsatishga imkon yo‘qligini darrov anglash mumkin."

Futbolchining sobiq agenti aytgan so‘zlar ko‘plab muxlislarda negativ hislarni uyg‘otdi. Aynan shu agent Antuanni Ispaniyaga olib kelgan va uni yangi sharoitga moslashishida katta rol ijro etgan edi. 2017 yilda ularning o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi va bu vazifani futbolchining opasi o‘z zimmasiga oldi. Oltasning so‘zlariga qarshi Marca nashri kattagina maqola e’lon qildi. Unda futbolchi va sobiq agent anchadan beri aloqa qilmasligi ma’lum qilingan.

Shunday bo‘lsada, Grizmanni qo‘llab-quvvatlaydigan insonlar yetarlicha topilmoqda. Birinchilardan bo‘lib Desham katta sahnaga chiqdi. Keyin esa, Grizmanning amakisi «Barselona»ni qattiq tanqid ostiga oldi. Uning aytishicha, klub birigina futbolchi uchun butun jamoadagi yigitlarni noqulay ahvolda qoldirmoqda. U shu so‘zlari bilam Messini tanqid qilishga uringanini barcha sezdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Bunday voqealar ustiga Argentinadan uchib kelgan futbolchi o‘zini ushalb tura olmadi. Kelishi bilan o‘ziga yarashmagan tonda bayonot berdi:

«To‘g‘risini aytsam, barcha muammolarning sababchisi bo‘lishdan charchab ketdim.»

Leoning so‘zlaridan so‘ng, matbuot portlab ketdi. Muxlislar esa, avtomatik ravishda argentinalikning tomoniga o‘tib olishdi. Ular hatto Antuanni ta’qib qilib, undan Messini hurmat qilishi lozimligini talab qilishgacha borishdi.

«Barselona» ustozi Ronald Kuman esa, ochiqchasiga Messi tomonga o‘tib oldi.

«Men nima uchun »Messi" bu qadar asabiylashib ketganini tushunaman. U singari insonlar bilan hurmat bilan suhbatlashish lozim. U Argentinadan uchib keldi. Uzoq davom etgan parvoz ham insonga ta’sir ko‘rsatadi. Kelishi bilan unga jurnalistlar turli bo‘lmag‘ur savollarni berishmoqda. Ular shu yo‘sinda, yangi qarama-qarshlikni paydo qilishmoqchi shekilli. Men futbolchilar o‘rtasida hech qanday muammo ko‘rmadim. Kiyinish xonasida ham, maydonda ham hech qanday adovat yo‘q. Muammo izlamoqchi emasman. Grizmann tomonidan aytilgan so‘zlar egasi esa, bir necha yildan beri Antuan bilan birga ishlamayapti. Hammasi yolg‘on!"

Katta ehtimol bilan, Leoning yozdagi klub bilan mojarosi yana takrorlanmoqda. Pep Gvardiola «Siti» bilan shartnomani uzaytirdi. Shunday ekan, Leoning klubni tark etishi janjallarsiz bo‘lmasligi aniq. Shunday ekan, bizni oldinda yorqin voqealar kutmoqda. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 21.11.2020.
O'qildi: 14225 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.