Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Sergey Semak: «Immobilining qaytgani raqibga ustunlik beradi»

Sergey Semak: «Immobilining qaytgani raqibga ustunlik beradi»

Baho:
+ | -

«Zenit» bosh murabbiyi Sergey Semak «Lasio»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘tgan turda biz raqibimiz bilan deyarli tengma-teng o‘yin namoyish eta olgan edik. Chunki, ularning yetakchi futbolchilarisiz harakat qilayotganini tushunib turardik. Lekin hozir eng katta muammo bo‘lishi kutilayotgan Immobili safga qaytgan. Bu raqib uchun katta plyus degani. U gollar mashinasi. Biroq biz o‘z o‘yinimiz haqida qayg‘uramiz, himoyadagi kamchiliklarimiz ustida ishlashimiz kerak.

"Lasio" to‘pga egalik qilishni xush ko‘radi, shu bilan birga qarshi hujumlarda ham xavfli jamoa. Aksiga olib, bu safar endi bizning eng kerakli o‘yinchilarimiz safdan chiqishdi. Shunga qaramay, Azmun hamda Driussilarning yana mashg‘ulotlarga qaytgani hozircha katta yangilik», - deydi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning dastlabki bahsida rimliklar tarkibidan Chiro Immobili, Lukas Leyva hamda Tomas Strakoshalar kkronavirus sabab maydonga tusha olishmagan edi.

Kiritildi: 09:44, 24.11.2020.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик