Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

YECHL. «Barselona» va «Yuventus» keyingi bosqichda, «Manchester Yunayted» turklardan revansh oldi

YECHL. «Barselona» va «Yuventus» keyingi bosqichda, «Manchester Yunayted» turklardan revansh oldi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining F, G va H guruhlarida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Dortmundning «Borussiya» klubi o‘z uyida «Bryugge»ni qabul qildi. Erling Holandning dubli va Jeydon Sanchoning goli dortmundliklarga g‘alaba olib keldi. Guruhining ikkinchi o‘yini «Lasio» va «Zenit» jamoalari o‘rtasida kechdi. Rimliklar safida Chiro Immobile dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golga Marko Parolo muallif bo‘ldi. Ruslarning yagona javob golini Artyom Dzyuba kiritdi.

Shu tariqa dortmundliklar muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. «Zenit» 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan rasman mahrum bo‘ldi.

«Yuventus» o‘z maydonida «Ferensvarosh»ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar 19-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga turinliklar 35-daqiqada Krishtianu Ronalduning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Alvaro Morata mezbonlarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

«Barselona» Kiyevda «Dinamo»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda katalonlar mezbonlar darvozasini javobsiz to‘rt bor aniq nishonga oldi. Martin Breytueyt dublga erishgan bo‘lsa, Serjinyo Dest va Antuan Grizmann o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabalar orqali «Barselona» va «Yuventus» muddatidan avval keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Kunning yana bir markaziy uchrashuvi PSJ va «Leypsig» jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Neymar penaltini aniq ijro etgan holda parijliklarni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Guruhning keyingi o‘yinida «Manchester Yunayted» jamoasi «Istanbul Bashakshehir»ni qabul qildi. Inglizlar safida Brunu Fernandesh ikkita gol urgan bo‘lsa, Markus Reshford va Deniel Jeyms bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Turklar esa bunga Denis Tyuryuchning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

H guruhida vaziyat chigal bo‘lib turibdi. Hozircha barcha jamoa pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatga ega.

1. «Manchester Yunayted» (9 ochko)
2. PSJ (6)
3. «Leypsig» (6)
4. «Istanbul» (3)

Chempionlar Ligasi, 4-tur
24 noyabr, seshanba
F guruhi
«Lasio» Italiya — «Zenit» Rossiya 3:1
Gollar: 1:0 – 3 Immobile, 2:0 – 22 Parolo, 2:1 – 25 Dzyuba, 3:1 – 55, penalti Immobile.

«Borussiya D» Germaniya — «Bryugge» Belgiya 3:0
Gollar: 1:0 – 18 Holand, 2:0 – 45+1 Sancho, 3:0 – 60 Holand.

G guruhi
«Yuventus» Italiya — «Ferensvarosh» Vengriya 2:1
Gollar: 0:1 – 19 Uzuni, 1:1 – 35 Ronaldu, 2:1 – 90+2 Morata.
«Yuventus»: Shchensni, de Ligt, Danilo, Aleks Sandro, Bentankur (Rabyo, 83), Kuadrado, Artur (Remzi, 83), Makkenni (Kulusevski, 62), Bernardeski (Kyeza, 62), Ronaldu, Dibala (Morata, 62).
«Ferensvarosh»: Dibus, Frimpong, Dvali, Blajich, Xayster, Ngen (Boli, 70), Shiger (Laiduni, 75), Zubkov (Izael, 70), Somalia, Uzuni, Lovrenchich (Botka, 75).
Ogohlantirishlar: Shiger (67), Danilo (80), Keza (90).

«Dinamo Kiyev» Ukraina — «Barselona» Ispaniya 0:4
Gollar: 0:1 – 52 Dest, 0:2 – 57 Breytueyt, 0:3 – 70, penalti Breytueyt, 0:4 – 90+2 Grizmann.
«Dinamo Kiyev»: Bushan, Kendzera, Karavayev (Popov, 60), Zabarniy, Mikolenko, Verbich, Shepelev (Beluse, 83), de Pena (Supryaga, 71), Garmash (Andriyevskiy, 59), Shaparenko (Lednev, 71), Buyalskiy.
«Barselona»: ter Shtegen, Firpo, Dest, Langle (Alba, 66), Mingesa, Alenya, Koutinyo (Grizmann, 66), Pedri (Fernandes, 73), Pyanich (Puch, 65), Trinkau (de la Fuente, 83), Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Pyanich (15), Popov (69).

H guruhi
PSJ Fransiya — «Leypsig» Germaniya 1:0
Gol: 1:0 – 11, penalti Neymar.
PSJ: Navas, Florensi, Markinyos, Diallo, Bakker, Danilu Pereyra, Paredes, Errera (Verratti, 83), Di Mariya (Rafinya, 64), Mbappe (Kin, 90), Neymar (Sarabiya, 90).
«Leypsig»: Gulachi, Upamekano, Konate, Anxelinyo, Mukiyele (Orban, 63), Nkunku, Aydara, Olmo (Klyuyvert, 64), Zabitser, Forsberg (Serlot, 74), Poulsen.
Ogohlantirishlar: Forsberg (2), Neymar (40), Paredes (40), Rafinya (77), Errera (82), Verratti (84).

«Manchester Yunayted» Angliya — «Istanbul» Turkiya 4:1
Gollar: 1:0 – 7 Brunu Fernandesh, 2:0 – 19 Brunu Fernandesh, 3:0 – 35, penalti Reshford, 3:1 – 75 Tyuryuch, 4:1 – 90+2 Jeyms.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uan-Bissaka (Uilyams, 59), Telles, Maguayr, Lindelyof (Tuanzebe, 46), van de Bek, Brunu Fernandesh (Grinvud, 59), Fred, Kavani, Marsyal (Matich, 82), Reshford (Jeyms, 59).
«Istanbul»: Gyunok, Rafael, Yepuryanu, Shkrtel (Karlush Ponk, 87), Bolingoli-Mbombo (Kaldirim, 74), Qahveji (Tekdemir, 46), Vishcha, Tyuryuch, O‘zjan (Juliano, 74), Shadli (Gulbrandsen, 61), Ba.
Ogohlantirishlar: Tuanzebe (55), Shkrtel (78), Tekdemir (85), Maguayr (86), Tyuryuch (89).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:24, 25.11.2020.
O'qildi: 8727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.