Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ronaldu? Messi? Levandovski!

Ronaldu? Messi? Levandovski!

Baho:
+ | -

FIFA “The Best” sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Stadion.uz ortda qolgan mavsumdan kelib chiqib g‘oliblik uchun asosiy favorit bilan tanishtirib o‘tadi.

Virjil Van Deyk

Aslida, gollandiyalik himoyachi o‘tgan mavsumda «oltin to‘p»ga ega chiqishi lozim edi, biroq negadir uni Messiga topshirib yuborishdi. FIFAning bu safargisi sovrinini qo‘lga kiritish borasida unda deyarli imkon yo‘q. To‘g‘ri, «Liverpul» 30 yil deganda APL taxtiga chiqdi, ammo YECHLdagi omadsiz o‘yinlar bunga to‘sqinlik qilishi mumkin. Tan olish lozim, Virjilda sovrinni qo‘lga kiritish borasida hech qanday imkoniyat yo‘q.

Lionel Messi

O‘tgan mavsumda Kataloniya klubi yulduzi aytarli hech narsa namoyish eta olmadi. 11 oy davomida to‘p surgan futbolchi 25 ta gol (9 ta penaltidan) kiritdi. «Barsa» esa, kutilmaganda mavsumni sovrinsiz yakunlashga majbur bo‘ldi. Yevropa chempionlar ligasidagi natija haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 

Sadio Mane

APL chempionligi ortida «Liverpul»ning bir nechta futbolchilarining mehnatlari yotibdi. Shu bois, ushbu chempionlikni birgina futbolchining xizmatlari deb bo‘lmaydi. Bu esa, Yurgen Klopp shogirdlarining sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatini kamaytirib yubormoqda. Mane ajoyib inson, kuchli futbolchi, ammo “ The Best ” emas!

Muhammad Salah

Misrlik futbolchi hisobida 20 ta gol mavjud. O‘tgan mavsumda kiritilgan gollarning 6 tasi 11 metrlik zarba orqali hisobga yozib qo‘yilgan bo‘lsada, uni FIFA kuchli 11 futbolchidan biri deb ta’rifladi. Katta ehtimol bilan, u kuchli beshlikdan o‘rin egallashi mumkin.

Serxio Ramos

Ramos uchun ortda qolgan sermahsul keldi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, u o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ydi. U «Real Madrid»ning Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishida juda katta rol ijro etdi, ammo bu natija bilan ro‘yxatdagi boshqa yigitlardan o‘zib ketish mushkul.

Neymar

Agar Yevropa Chempionlar Ligasida «Bavariya»ga qarshi bahsda gol kiritganida, Parij klubi chempion bo‘lganida qahramonimiz hozir birinchi raqamli da’vogar bo‘lar edi. Afsuski, finalda yengilganlari tarix doim unutib yuborgan. Katta ehtimol bilan bu safar ham an’anaga sodiq qolinadi.

Kilian Mbappe

Afsuski, juda erta mashhurlikni qo‘lga kiritgan Mbappe butun sayyoramizning eng kuchli futbolchiga aylana olmadi. U hatto o‘z klubida ham birinchi raqamli futbolchi emas. FIFA tomonidan eng kuchli deb topilishiga ishonish juda qiyin. Shunday bo‘lsada,ortda qolgan mavsumda u 26 gol + 14 ta assistni amalgam oshirdi. Bu natija e’tiborga molik.

Tyago Alkantara

Ispaniyalik futbolchi hozircha «Liverpul»da o‘zini to‘liq namoyish etganicha yo‘q. Bu ro‘yxatga uni «Bavariya» safidagi ishonchli o‘yinlari sababli joylashtirishdi. Yarim himoyachining bu ro‘yxatga kiritilishi bejiz emas. U o‘zining universalligi bilan barchani hayron qoldirdi va bu ishni muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Krishtianu Ronaldu

Kuchli uchlikni Krishtianu Ronaldu ochib beradi. E’tiborlisi shundaki, Krish shu yoshda ham mavsum davomida 38 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning statistikasi barchani hayron qoldirishda davom etmoqda. Balki u sovringa ega chiqmas, ammo o‘z muxlislarini xursand qilishni uddaladi.

Kevin De Bryuyne

Belgiyalik futbolchi juda ishonchli mavsum o‘tkazdi. 19 ta assist va 7 ta gol. Boz ustiga, «Siti» ichki musobaqada Liga Kubogini qo‘lga kiritdi. Yarim himoyachi uchun ajoyib ko‘rsatgich Kevin sovrin uchun da’vogar, lekin imkoniyatlari u qadar katta emas.

Robert Levandovski

Robert katta ehtimol bilan birinchi o‘rinni egallaydi va sovrin unga topshiriladi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. 45 ta gol va 11 ta assist! Dahshatli statistika uning asosiy quroli emas. Myunhen jamoasi Flik bilan birgalikda trebl qayd etishni uddaladi va yo‘lidan chiqqan barcha raqiblarni «sochib» tashladi. Agar ushbu sovrin undan boshqasiga topshirilsa, FIFA o‘z sovrini imijini keskin tushirib yuboradi. Shunday bo‘lsada, bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:18, 27.11.2020.
O'qildi: 6862 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.