Fransiya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Strasbur» va «Renn» jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan avval o‘yinchilar argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonani yodga olishdi. 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvdan avval har ikki jamoa futbolchilari va hakamlar maydon markazida «M» harfi shaklida joylashgan holda Diyego xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashdi.