Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:00 Espanyol 0-2 Sevilya
26/10 00:00 Lester 1-3 Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum 2-0 Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid 1-2 Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli 1-0 Lechche
26/10 18:15 Andijon 1-0 Olimpik
26/10 19:00 Brentford 4-3 Ipsvich
26/10 19:00 Brayton 2-2 Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti 1-0 Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa 1-1 Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano 1-0 Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas 1-0 Jirona
26/10 21:30 Everton 1-1 Fulhem
26/10 23:45 Atalanta 6-1 Verona
27/10 00:00 Real Madrid 0-4 Barselona
27/10 16:30 Parma - Empoli
27/10 17:15 Bunyodkor - So‘g‘diyona
27/10 18:00 Leganes - Selta
27/10 19:00 Lasio - Jenoa
27/10 19:00 Monsa - Venetsiya
27/10 19:00 Chelsi - Nyukasl
27/10 19:00 Vest Xem - Man. Yunayted
27/10 19:00 Kristal Pelas - Tottenhem
27/10 20:15 Xetafe - Valensiya
27/10 21:30 Arsenal - Liverpul
27/10 22:00 Inter - Yuventus
27/10 22:30 Betis - Atletiko
28/10 00:45 Fiorentina - Roma
28/10 01:00 Real Sosyedad - Osasuna
28/10 16:00 OKMK - Neftchi
28/10 18:15 Dinamo - Nasaf

Pogba ketadi, ammo qayerga?

Pogba ketadi, ammo qayerga?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi borasida fikr almashadi. 

Amaldagi Jahon chempionining agenti - Mino Rayola mijozi uchun barchasi hal etilgani haqidagi intervyuni bergach, barcha Yevropa nashrlari «Tuttosport»dagi ma’lumotlarni tarqatishga tushib ketishdi. Mino Pogba uchun «qizil iblislar» bilan birga o‘tgan daqiqalar yakuniga yetgani haqidagi xabardan so‘ng, turli klublar futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishi aniq. Xo‘sh, agar Mino o‘z mijozini boshqa jamoaga o‘tishini ta’minlasa, u qaysi klub bo‘ladi? Bugun shu mavzu haqida fikr almashamiz. 

Undan oldin, ayrim omillarga e’tibor qaratishingizni iltimos qilardik. Sababi, aynan shu omillar transferning amalga oshishi borasida katta 

1. Pogba Manchesterda yiliga 15 million yevro maosh oladi. Bu APLdagi futbolchilar orasida eng yaxshilaridan biri degani. Shu bois, istalgan klub uning maoshini to‘lay olmaydi. 
2. Boz ustiga, qahramonimiz o‘zini faqat grand klublarda to‘p surishga loyiq deb hisoblaydi. Shu bois, kelib tushadigan takliflar orasidan faqat eng saralarini ko‘rib chiqadi. Uning eng «ochko‘z» agent bilan ishlashi, janjallarga moyilligini inobatga olsak, Polni ayrim murabbiylar o‘z tarkibida ko‘rishni istamaydi. 
3. Pogbaning transferi 100 foiz tavakkal degani. Sababi, Polning so‘nggi mavsumlarda o‘yin darajasi keskin tushib ketgan. Uning o‘zi bunga atrof muhit aybdor deb takrorlamoqda. Agar u yangi jamoasida o‘zini erkin his qilsa zo‘r natija beradi, ammo bu quruq gap bo‘lsachi? Unda Pogbani qo‘lga kiritgan klub juda katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. 
Xo‘sh, bu omillardan kelib chiqib, qaysi klublar Polni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatiga ega?

«Yuventus» 

Pogbaning APLni tark etishi haqida so‘z borar ekan, birinchi bo‘lib «Yuventus» barchaning ko‘z oldiga kelishi turgan gap. Aynan shu jamoa Pogbani super yulduz darajasiga olib chiqqan edi. Agar u Turinga ko‘chib o‘tsa, Pirlo tomonidan yana erkin hujum ortida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pol avvalgidek o‘zini 3-4-2-1 da «baliq»dek his qilishi mumkin. Boz ustiga, Pyanichning o‘rnini Pogba osonlik bilan to‘ldirishga qodir. Tarkibida Buffon, Bonuchi va Ronaldu singari super professionallari bor jamoa Polni erkin nafas olishga imkon qoldirishmaydi. Motivasiya to‘la yigitlar qurshovida Pogba ham oldinga qadam tashlar balki?!

«Real Madrid» 

Mish-mishlar anchadan beri JCH g‘olibini Madridga ko‘chib o‘tishiga shama qilmoqda, ammo hali-hamon rasmiy taklif kelib tushganicha yo‘q. Vaholanki, Zidan aynan Pogbani tarkibda ko‘rmoqchi. Peres o‘tgan mavsumlarda qaysarlik qildi va klub qahramonimizning transferidan voz kechdi. Endilikda, bu transferga bo‘lgan ehtiyoj yanada katta. Sababi, «Real»ning uzoq yillik ustunlari Kroos va Modrichning o‘rnini egallashga qodir futbolchi izlanmoqda. Shunday bo‘lsada, bu transfer amalga oshmay qolishi mumkin. Birinchidan klub Pogbaning o‘rniga Kamavingani olib kelish haqida allaqachon boshqotirishni boshlagan. Ikkinchidan, ayni damda futbolchining o‘zi ham muammolarning uyasi bo‘lgan klubga o‘tishni istamasa kerak. Eden Azar «Real»ga shu qadar o‘tishni istadiki, hatto bu transfer amalga oshganidan so‘ng ham o‘ziga kela olmadi. Balki, Pogbada ham «qirollik klubi» bilan tuzilgan shartnomadan so‘ng motivasiya qolmas?! Bunisi bizga qorong‘i

PSJ

Ortga qaytish. Sevimli chempionat. Raqobatsiz, bosimsiz o‘yinlar. Yaqin do‘stlari qurshovida kattagina maosh olish qanchalar yoqimli. YCHLdagi doimiy ishtirok va tarkibdagi nomlarning kattaligi kishi ko‘zini qamashtiradi, biroq Pogba uchun bu qanchalar to‘g‘ri tanlov? Katta ehtimol bilan Parijda ham futbolchi o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyishi etishi mumkin. Faqat o‘zidagi futbolga bo‘lgan ishtiyoqni to‘liq so‘ndirib qo‘ymagan bo‘lsa. Maosh va murabbiyning ishonchi borasida hech qanday muammo yo‘q. Tuxel Pogba darajasidagi ijrochilarga juda muhtoj ekanligini bir necha bor ta’kidlab o‘tgan. Xo‘sh, bu transfer amalga oshsa, ikki tomonga ham foyda keltiradimi?! Juda qiziq savol, biroq buni vaqti kelgandagina bilishimiz mumkin. 

«Inter»

Pogbaning injiqliklarini ko‘tarishga qodir so‘nggi variant sifatida «Inter»ni ko‘rsatishimiz mumkin. «Neradzurri»lar «Yunayted» futbolchilarini sotib olish borasida chinakam yetakchilardan biriga aylanib bormoqda. Lukaku, Yang va Sancheslar «qizil iblislar»dan Milanga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor. Agar Pogba ko‘chib o‘tsachi? Aslida, Antonio Kontening 3 ta himoyachi bilan to‘p suruvchi uslubida Pogba o‘zini erkin his qilishi, maydonda ijod qilishi mumkin. Shunday bo‘lsada, «Inter»ning bugungi kundagi ahvolini inobatga olsak, qahramonimiz YECHLda guruhdan chiqishga qiynalayotgan klub bilan shartnoma imzolashiga ishonish biroz mushkul. Shunga qaramay, bu variantni chetga surib tashlab ham bo‘lmaydi. 

Bundan tashqari, «Barselona», «Tottenhem», «Manchester Siti», «Liverpul», "Arsenal" va "Bavariya" klublari ham erkin agent maqomidagi Polni tarkibga qo‘shib olmoqchi, ammo ularning bugungi imkoniyatlari yarim himoyachiga egalik qilishga yetmasligi shundoqqina ko‘rinib turibdi. Shunday bo‘lsada, bu variantlar ustidan ham fikr almashish mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:48, 08.12.2020.
O'qildi: 3564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.