Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Fevzi Davletov: «Futbolchilarning harakatidan qoniqdik, ularga ortiqcha e’tirozimiz yo‘q»

Fevzi Davletov: «Futbolchilarning harakatidan qoniqdik, ularga ortiqcha e’tirozimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

AGMK va «Metallurg» o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (4:3) so‘ng, mehmonlar katta murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Umuman olganda, o‘yindan avval taxmin qilganimizdek qiyin bahs bo‘ldi. Raqib ancha kuchli. Birinchi bo‘limda oldinda borayotgan vaqtimizda bir nechta kerak bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bolalarning harakatidan qoniqdik, ularga ortiqcha e’tirozim yo‘q. So‘nggi golda jarima maydonchamizning ichida futbolchimiz yiqilib tushdi va xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Qolgan vaziyatlarda futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Qiyin mavsumda futbolchilar yaxshi harakat qilishdi va ularga bu uchun minnatdorchilik bildiraman.

— Kubok uchun to‘rtta jamoa qoldi. Sizningcha, qaysi jamoaning chempion bo‘lishga imkoniyati ko‘proq?

— Qur’a tashlanmagunga qadar nimadir deya olmayman. Qur’adan so‘ng barchasi hal bo‘ladi. Biroq «Paxtakor» finalga yo‘l olsa kerak. Ikkinchi finalchini esa qur’adan so‘ng taxmin qilsak bo‘ladi.

— «Metallurg» uchun mavsum yakunlandi. Jamoaning kelasi yil uchun rejalari qanday? Qaysi pozisiyalarni kuchaytirishni reja qilgansizlar?

— Hozircha barcha ishlar olib borilmoqda. Albatta keyingi mavsum uchun yangi o‘yinchilar keladi. Lekin birinchi navbatda yakunlangan mavsumda qilingan ishlarni ko‘rib chiqib, xato qilingan joylarni ko‘rib olishimiz kerak.

— O‘zbekistonda futbolchilar qishda rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishmasdi. Asosan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishgan. Shuni inobatga olgan holda, futbolchilarni tayyorlash qanchalik qiyin kechmoqda?

— To‘g‘ri qishda asosan mashg‘ulotlar olib borardik. Kubok bahslari cho‘zilib ketdi va shu sababli futbolchilarni tayyorlash ancha qiyin kechdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:21, 13.12.2020.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик