Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bugun YECHL va Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi

Bugun YECHL va Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi musobaqalarining nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a marosimi haqida muhim ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI

YECHLga qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Qur’ada 16ta jamoa 2ta savatchaga taqsimlanadi. Guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan klublar "saralanganlar", ikkinchi o‘rinni band etganlar esa "saralanmaganlar" savatchasiga ajratiladi.

"Saralanganlar"
"Bavariya" (Germaniya, "A" guruhi)
"Real" (Ispaniya, "B")
"Manchester Siti" (Angliya, "C")
"Liverpul" (Angliya, "D")
"Chelsi" (Angliya, "E")
"Borussiya" Dortmund (Germaniya, "F")
"Yuventus" (Italiya, "G")
"PSJ" (Fransiya, "H")

"Saralanmaganlar"
"Atletiko" (Ispaniya, "A")
"Borussiya" Menxengladbax (Germaniya, "B")
"Portu" (Portugaliya, "C")
"Atalanta" (Angliya, "D")
"Sevilya" (Ispaniya, "E")
"Lasio" (Italiya, "F")
"Barselona" (Ispaniya, "G")
"RB Leypsig" (Germaniya, "H")

Qur’a tartibi

— "Saralangan" jamoalar nimchorak final bosqichining javob bahsini o‘z uyida o‘tkazishadi.
— 1/8 final bosqichida bir guruhdan chiqqan jamoalar va bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.
— Boshqa cheklovlar haqida qur’a paytida ma’lum qilinadi.

O‘yinlar sanasi

Nimchorak final bosqichining dastlabki o‘yinlari 16, 17, 23 va 24 fevral, javob bahslari esa 9, 10, 16 va 17 mart kunlariga belgilangan. Turnirning chorak final va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 19 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

YEVROPA LIGASI

Yevropa ligasi guruh bosqichidan 24ta klub, Chempionlar ligasidan 8ta jamoa o‘z ishtirokini pley-off bosqichida davom ettiradi. 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Qur’adan avval jamoalar 2ta savatchaga ajratiladi. "Saralanganlar" savatchasidan Yevropa ligasida guruh g‘olibiga aylangan klublar hamda YECHLdan o‘tgan va UYEFA reytingida yuqori o‘rinni egallagan 4ta jamoa o‘rin egallaydi.

"Saralanmaganlar" savatchasiga esa Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan jamoalar hamda YECHLdan o‘tgan va UYEFA reytingida pastki o‘rinni egallagan 4ta jamoa joylashtiriladi.

"Saralanganlar"

"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Niderlandiya)*
"Bryugge" (Belgiya)*
"Bayer" (Germaniya)
"Vilyarreal" (Ispaniya)
"Dinamo Zagreb" (Xorvatiya)
"Lester" (Angliya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)*
"Milan" (Italiya)
"Napoli" (Italiya)
PSV (Niderlandiya)
"Reynjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Xoffenxaym" (Germaniya)
"Shaxtyor" (Ukraina)*

Izoh: * - YECHLdan o‘tgan klublar

"Saralanmaganlar"

"Antverpen" (Belgiya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Braga" (Portugaliya)
"Volfsberg" (Avstriya)
"Granada" (Ispaniya)
"Dinamo Kiyev" (Ukraina)*
"Zalsburg" (Avstriya)*
"Krasnodar" (Rossiya)*
"Lill" (Fransiya)
"Makkabi" Tel-Aviv (Isroil)
"Molde" (Shvesiya)
"Olimpiakos" (Gresiya)*
"Real Sosyedad" (Ispaniya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Srvena Zvezda" (Serbiya)
"Yang Boyz" (Shveysariya)

Izoh: * - YECHLdan o‘tgan klublar

Qur’a tartibi
— "Saralanganlar" javob o‘yinini o‘z uyida o‘tkazishadi.
— 1/16 final bosqichida Yevropa ligasida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar va bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
— Rossiya va Ukraina klublari o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

O‘yinlar taqvimi
1/16 finalning dastlabki o‘yinlari 18 fevral, javob bahslari esa 25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:30, 14.12.2020.
O'qildi: 12555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.