Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

2004 yilgi «Oltin to‘p» adolatsiz berilganmidi yoxud «omadli» Shevchenko

2004 yilgi «Oltin to‘p» adolatsiz berilganmidi yoxud «omadli» Shevchenko

Baho:
+ | -

Bundan roppa rosa bir yil muqaddam aynan mana shu kunda mashhur futbol afsonasi Andrey Shevchenkoga nufuzli «Oltin to‘p» mukofoti topshirilgan. Bu bilan Shevchenko ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan 3-ukrainalik futbolchiga aylandi. Undan avval Oleg Blokxin (1975) va Igor Belanov (1986)lar jahonning eng kuchli futbolchisi nomiga sazovor bo‘lishgan edi.

Biz esa ushbu voqelikka to‘xtalishimizning boisi bu hodisa juda ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘lgan va aynan o‘sha 2004 yilda bir qator sensasion natijalar ham qayd etilgani bilan esimizda qolgan. Dastavval, Yevropa Ligasi finalida g‘olib chiqqan «Valensiya» ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa, unga yondosh musobaqa YECHLda «Deportivo» va «Portu»larning pley-offlarda fyuror ko‘tarishlari va grand jamoalarning qoqilishlari eng so‘nggida portugal klubining chempion bo‘lishi bilan yakun topgan. Undan so‘ng esa yozda bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida kutilmagan tarzda Gresiya terma jamoasining finalda Portugaliyani mag‘lub etishini muxlislar haligacha haqiqiy drama tarzida esga olishadi.

Xo‘sh, biror bir katta turnirda g‘olib chiqa olmagan Shevchenko qay tarzda o‘sha yili eng kuchlilar qatorida tilga olingan bo‘lishi mumkin?! Darhaqiqat, ta’kidlab o‘tish kerak, Shevchenko uchun 2004 yilgi mavsum shaxsiy faoliyatidagi bezak qismlardan biri hisoblanadi. U jamoasi «Milan» bilan «Skudetto»ni qo‘lga kiritdi. Kuchli beshlik chempionatlarida eng semahsul natijani qayd etdi hamda 24 goli bilan haqli ravishda «Oltin butsa»ga ega chiqdi. Biroq, ushbu sovrinlardan tashqari ukrainalik yulduzning individual ko‘rsatkichlari maqtanarli darajada emas edi. Ya’ni «rossonerilar»ning katta o‘yinlarida u jamosini qiyin vaziyatlardan olib chiqib keta olmagan.

 

Ayniqsa, Chempionlar ligasining pley-off bosqichlarida Andreyning ishlari har safar ham orqaga ketgan. «Qizil-qoralar»ning chorak final bosqichida Lakorunyaning «Deportivo»siga qarshi bahs olib borgani ko‘pchilik futbol muxlislarining yodida bo‘lsa kerak. «San-siro»da kechgan birinchi uchrashuv mezbonlarning yirik 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan va gollarning biriga Shevchenko mualliflik qilgan edi. Biroq, «Deportivo»da bo‘ladigan javob bahsi ukrain forvardining yetti uxlab tushiga ham kirmagan bo‘lsa kerak. Yakunda ispan o‘g‘lonlaridan 4 bor tarsaki qabul qilib olgan milanliklarda unga bitta bo‘lsa ham javob qaytarish uchun xohish va ishtiyoq yetishmayotgan edi. «Deportivo» ham allaqachon raqiblarining ko‘zidagi yetishmayotgan «olov»ni payqashgach o‘yin tizginini bemalol o‘zlari tomonga burib yuborishgan. O‘shanda jamoa muxlislari ishongan liderlari Shevchenko va Kakalardan o‘zlari kutgan o‘yinni olisholmagan. Eng kerak pallalarda porlashi kutilgan yulduzlar o‘sha kuni negadir so‘nib qolishgan. Musobaqani tark etgan «Milan» afsonasi uchun esa endi «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyati keskin pasayib ketgan edi. Buning ustiga futbolchining yozda o‘tkazilgan Yevropa chempionatida Ukraina terma jamoasi tarkibiga ham chaqirilmaganidan keyin undan hech kim yil yakunida biror bir yirikroq individual sovrin yutishini kutmagan bo‘lsa kerak.

 

O‘sha yili mukofot uchun da’vogarlar ham turlicha tartibda darajalanib qolgan va u yerda yaqqol favoritni topish qiyin edi. Kimdir Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Gresiya a’zosi Teodoris Zagorakis nomzodini ko‘rsatsa, yana kimdir YECHL g‘olibi Dekoni bu borada ustun hisoblashar edi. Yana boshqalar uchun esa o‘sha yili APLni yondirib tashlagan Anri bu yo‘lda yaqqol favorit hisoblangan. Shuningdek, FIFA tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Ronaldinyo endi «Oltin to‘p»ni ham olishi kutilgandi. Balki ushbu holatlar Ronaldu va Messi erasi shakllanmaguncha normal holat hisoblangan bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, u davrlardagi yulduzlar sonini sezilarli darajada ko‘p bo‘lganini ham tan olish kerak. Biroq ularning ichida kamtarona natijalarni qayd etgan Shevchenkoning yakunda eng kuchli futbolchi deb topilishi haqiqatan ham biroz adolatsiz qarordek tuyuladi va hozirgacha g‘alati voqelik sifatida tahlil qilinadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:34, 14.12.2020.
O'qildi: 8559 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.