Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

CAS qaror chiqardi: Rossiya terma jamoasi JCH-2022dan chetlatilishi mumkin

Baho:
+ | -

Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro antidoping tashkiloti (WADA)ning 2019 yil dekabr oyidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi va Rossiyani yirik sport musobaqalaridan chetlatish haqida qaror chiqardi. Jazo muddati 2022 yilning 16 dekabriga qadar amalda bo‘ladi.

Rossiyalik sportchilar 2018 yili Pxenchxanda bo‘lib o‘tgan qishki olimpiya o‘yinlarida neytral bayroq ostida ishtirok etishgan edi. Ular endi Tokio-2021 va Pekin-2022 olimpiadalarda ham betaraf bayroq ostida qatnashishadi.

Ushbu musobaqalarda faqat dopingga aloqasi yo‘q sportchilargina ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu qaror 2022 yilda o‘tadigan Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga ham tegishli bo‘ladi. Hozircha Rossiya terma jamoasi oq formada hamda madhiyasiz maydonga tushadimi yoki ular JCH-2022 saralash va final bosqichidan butunlay chetlatiladimi, hozircha aniq emas.

Rossiya terma jamoasi 3 dekabr kuni tashlangan qur’ada Xorvatiya, Slovakiya, Sloveniya, Kipr va Malta bilan «H» guruhidan o‘rin olgan edi.

CAS qaror Yevro-2020ga tegishli bo‘lmaydi. Shu bois, Rossiya terma jamoasi ushbu musobaqada o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etadi.

Manba: sport.ua
Kiritildi: 20:57, 17.12.2020.
O'qildi: 4808 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик